Jamiyat

Bir necha soat ichida ikkinchi poytaxtlik koronavirusdan vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka oʻtishLecheniye bolnыx s COVID-19
Lecheniye bolnыx s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda 33-bemor koronavirus qurboniga aylandi. Bu kun davomida kuzatilgan ikkinchi oʻlim hisoblanadi.

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus qurbonlari soni 33 nafarga yetdi.

SSV xabariga koʻra, Toshkentda 45 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Unda bir necha kun davomida koronavirus alomatlari sezilib, tana haroratining koʻtarilishi, tomogʻida ogʻriq va holsizlik kuzatilgan.

Ammo shunday  boʻlishiga qaramasdan u shifokorga oʻz vaqtida murojaat qilmay, uy sharoitida davolanib yurgan.

Meditsinskiy rabotnik podklyuchayet patsiyenta k apparatu IVL v statsionare dlya bolnыx s koronavirusnoy infektsiyey na baze Tverskoy oblastnoy klinicheskoy bolnitsы. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirus bilan kasallangan yana bir toshkentlik vafot etdi

Natijada shu yilning  30 iyun kuni  Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga oʻta ogʻir holatda, oʻtkir nafas yetishmovchiligi bilan olib kelinib, jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Bemorga yurak ishemik kasalligi, oʻtkir yurak va nafas  yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya dastlabki tashxisi qoʻyilgan.

Biroq shifokorlarning muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir yurak-qon tomir va oʻpka yetishmovchiligidan vafot etdi.

Eslatib oʻtamiz, biroz avval poytaxtlik 71 yoshli onaxon koronavirusdan vafot etgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0