Chegaralar ochilishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin - BSST ogohlantiruvi

© United States Mission GenevaFlag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ)
Flag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BSST ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya vaqtida dunyoda aniqlangan koronavirusga chalinish holatlari 10 million yetti yuz mingdan oshgan. COVID-19 oqibatida 517 877 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

TOShKENT, 4-iyul - Sputnik. Mamlakatlar koronavirusga qarshi choralar ko‘rmasdan o‘z chegaralarini ochsa, epidemiologik holat eng yomon ssenariy bo‘yicha rivojlanishi mumkin, dedi BSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda holatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan.

Gorojane v jarkiy den na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Jazirama O‘zbekistonni koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan qutqaradimi - ekspert

Unga ko‘ra, chegaralar ochilishi oqibatida kasallar soni oshishi ehtimoliy holatlarini jilovlay olish uchun davlatlar o‘z sog‘liqni saqlash tizimlarini qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratishlari kerak.

"Ikkinchi to‘lqin bo‘lishi haqida aniq to‘xtam yo‘q. Bu bizning koronavirus va respirator viruslari haqida bilganlarimizga asoslangan ilmiy taxminlarimizdir. Hozirda dunyoning turli davlatlarida yuz berayotgan holatlar - bu ikkinchi to‘lqin emas. Bu birinchi to‘lqinning ikkinchi avj olishi jarayoni. U virus yaxshi bostirilmagan hududlarda bo‘yin ko‘rsatmoqda", - degan Rayan.

Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani jahon bozoriga yetkazib berishga tayyor >>>

Bunday viruslar odamlarning mavsumiy harakatlanishiga bog‘liq bo‘ladi, odamlar zich joylashgan va nisbatan past temperaturalarda katta tezlikda tarqalish xususiyatiga ega.

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya vaqtida dunyoda aniqlangan koronavirusga chalinish holatlari 10 million yetti yuz mingdan oshgan. COVID-19 oqibatida 517 877 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Janubiy Koreya koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini haqida e’lon qildi >>>

Infeksiya tarqalishi eng ko‘p Shimoliy va Janubiy Amerikada (5 445 710) va Yevropada (2 737 689) kuzatilgan.

Yangiliklar lentasi
0