Birinchi sinfga qabul jarayoni qachondan boshlanadi - XTV javobi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishNachalo uchebnogo goda v Moskve
Nachalo uchebnogo goda v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga boradigan o‘quvchilarning hujjat topshirish jarayoni qabul.maktab.uz orqali onlayn navbat asosida amalga oshiriladi.

TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistonda 1-sinfga qabul jarayoni 6-iyuldan boshlanishini ma’lum qildi. Ota-onalardan karantin qoidalariga qat’iy rioya etishlari so‘ralmoqda. 

Deti za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘quv yili onlayn tarzda yakunlanadi

"Joriy yilning 6-iyulidan 2020-2021 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablariga 1-sinf o‘quvchilarining qabul jarayoni boshlanmoqda", - deyiladi xabarda.

Pandemiya sharoitini inobatga olgan holda, 1-sinfga o‘quvchilarning hujjatlari qabul qilinadi:

6-31 iyul kunlari biriktirilgan mikrohudud doirasida;

1-25 avgust kunlari maktablarning imkoniyatidan kelib chiqib mikrohududdan tashqari.

Shuningdek pandemiya sharoitida ota-onalarning maktablarda to‘planib qolishini oldini olish maqsadida Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga boradigan o‘quvchilarning hujjat topshirish jarayoni qabul.maktab.uz orqali (5 iyuldan) onlayn navbat asosida amalga oshiriladi.

Dastur Toshkent shahrida muvaffaqiyatli tatbiq etilsa, keyingi o‘quv yilidan boshlab boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Shkolniy dnevnik - Sputnik O‘zbekiston
Yangi o‘quv yilidan maktablar qog‘oz kundalikdan voz kechadi

1-sinfga qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: direktor nomiga ariza; bolaning tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi; ota-onaning pasport nusxalari; bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma; bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.

Tegishli yilning 31-avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. Maktab yoshiga to‘lmagan bolani maktabga berib qiynagandan ko‘ra, maktabgacha tayyorlov tashkilotlariga yuborgan ma’qul ekanligini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Ota-onalardan maktablarga tashrif davomida karantin qoidalariga qat’iy amal qilish hamda ijtimoiy masofa saqlash so‘raladi!

2020-2021 o‘quv yilida Respublika bo‘yicha jami 650 116 nafar bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0