Qashqadaryoda er 18 yoshli xotinining o‘limida ayblanmoqda

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishNaruchniki na dveri kletki
Naruchniki na dveri kletki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkak turmush o‘rtog‘ini haqorat qilib urib tan jarohati yetkazgan, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib kelgan. Bunga chiday olmagan juvon o‘z joniga qasd qilgan.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Bosh prokuratura Qashqadaryo viloyati Koson tumanida sodir bo‘lgan ayanchli hodisa yuzasidan bayonot berdi.

Avvalroq “Daryo” nashri Qashqadaryoda 18 yoshli M.Jo‘rayeva uyidan osilgan holda topilgani, marhumaning onasi qizining o‘limida kuyovini ayblayotgani haqida xabar qilgan edi.

V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
“O‘rtasaroy” karantin markazida 42 yoshli fuqaro o‘z joniga qasd qildi

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020-yil 9-may kuni Koson tumani, I.Karimov ko‘chasida joylashgan uyda ijarada yashab kelgan M.Jo‘rayeva (2002 y.t.) o‘z joniga qasd qilgan.

Tekshirish davomida marhuma M.Jo‘rayevaning turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalarida doimiy ravishda urish-janjal bo‘lib kelganligi, turmush o‘rtog‘i uni haqorat qilib urib tan jarohati yetkazib, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0