“O‘rtasaroy” karantin markazida 42 yoshli fuqaro o‘z joniga qasd qildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja
V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘rtasaroy” karantin markazida 42 yoshli fuqaro o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan joriy yilning 21-iyun kuni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan xabar o‘rganildi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. “O‘rtasaroy” karantin markazida 42 yoshli fuqaro o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura bayonot berdi.

“O‘rtasaroy” karantin markazida 42 yoshli fuqaro o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan joriy yilning 21-iyun kuni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan xabar o‘rganildi.

Toshkent viloyati O‘rtasaroy tumanida xorijlan kelgan fuqarolar uchun karantin hudud tashkil qilinmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Maxsus karantin zonadan fotoreportaj

Aniqlanishicha, Farg‘ona viloyatida yashagan fuqaro S.S. 20.06.2020 yilda Yuqorichirchiq tumanidagi “O‘rtasaroy” karantin markazida o‘zi yotgan xonaga o‘rnatilgan konditsionerning tashqi tomondagi parragiga choyshab bilan noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini osganligi oqibatida vafot etgan.

Ish hujjatlariga ko‘ra, S.S. 15.06.2020 yil kuni O‘zbekiston havo yo‘llari tomonidan tashkil qilingan charter reys orqali “Moskva-Toshkent” yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan va “Covid-19” koronavirusiga chalingan yoki chalinmaganligini aniqlash maqsadida Yuqorichirchiq tumanidagi “O‘rtasaroy” karantin markaziga joylashtirilgan va undan koronavirusga surtma olingan.

Mazkur holat yuzasidan tushuntirish bergan A.E. joriy yilning 15-iyun kuni charter reys orqali “Moskva-Toshkent” yo‘nalishida O‘zbekistonga kelganligi va “O‘rtasaroy” karantin markaziga olib kelinganligini, shu kunning o‘zida 1 ta xonaga to‘rt kishi bo‘lib kirishganligini, ularning biri ya’ni S.S. o‘zini yomon tutib kasallikka chalinganligini aytib ular bilan turishni xohlamaganligini, yarim soatlarcha xonaning hovlisida o‘tirganligini, shundan so‘ng shifokorlar kelib u bilan suhbatlashib, uni alohida xonaga joylashtirganligini bayon qilgan.

Shuningdek, “O‘rtasaroy” karantin markaziga xizmatga kelgan, Toshkent shahar Olmazor tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika shifokori Sh.M. ning holat yuzasidan bergan tushuntirishida fuqaro S.S. karantin hududiga joylashtirilgan kundan boshlab o‘zini agressiv tuta boshlaganligini, ovqat yeyishni xohlamaganligini, virusga chalinganligini aytib u bilan birga joylashtirilgan shaxslarga kasalligini yuqtirishi mumkinligini va ular bilan birga turishni xohlamagan holda boshqa konteynerga joylashtirishlarini talab qilganligini, shundan so‘ng blokda tinchlik saqlash maqsadida S.S. boshqa xonaga  o‘tkazilganligini, 16-iyun S.S. psixiatr ko‘rigidan o‘tganligini bayon qilgan.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Virusologiya markazi tomonidan taqdim qilingan yo‘llanma natijasiga ko‘ra S.S.da “Covid-19” koronavirusi aniqlanmagan.

Yangiliklar lentasi
0