O‘zbekistonning tashqi qarzi 21 milliard dollardan oshib ketdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri: yevro i dollari
Denejnie kupuri: yevro i dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasining jami tashqi qarzi 2019-yilning 1-oktabrida 21,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan.

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining jami tashqi qarzi 2019-yilning 1-oktabrida 21,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki axborot xizmati ma’lum qildi.

Kupuri amerikanskix dollarov. - Sputnik O‘zbekiston
AQShning davlat qarzi miqdori yangi rekord o‘rnatdi

O‘zbekistonning jami tashqi qarzi 21,5 mlrd. dollarni tashkil etib, undan 13,8 mlrd. dollari davlat sektorining qarzlari, 7,7 mlrd. dollari xususiy tashqi qarz hisoblanadi.

Qayd etilishicha, tashqi qarzdorliklarning ortishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning jalb qilinishi va ular bo‘yicha "yig‘ilib qolgan" majburiyatlarning so‘ndirilishi, kelib tushayotgan transchegaraviy pul o‘tkazmalarining o‘sishi 2019-yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi ko‘rsatkichlarining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

Natijada to‘lov balansining joriy hisobi 1,4 mlrd. dollarga teng defitsitni ko‘rsatgan. Bunda, savdo balansi va xalqaro xizmatlarning manfiy saldosi (6,1 mlrd. doll.) birlamchi va ikkilamchi daromadlarning musbat saldosi (4,7 mlrd. doll.) bilan qisman qoplangan.

Shu bilan birga, rezidentlar moliyaviy majburiyatlarining ko‘payishi (6,1 mlrd. doll.), ular tomonidan moliyaviy aktivlarning sotib olinishi (1,3 mlrd. doll.) natijasida moliyaviy hisobning manfiy saldosi 4,8 mlrd. dollarni tashkil qilgan.

Rezerv aktivlari esa 662 mln. dollarga ko‘paygan.

O‘zbekiston Respublikasining sof investitsion pozitsiyasi joriy yilning 1-oktabrida 13,7 mlrd. dollarni tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0