VDNX bog‘idagi O‘zbekiston paviloni restavratsiya qilinmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPavilon №66 "Kultura" ("Uzbekskaya SSR")
Pavilon №66 Kultura (Uzbekskaya SSR) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
VDNX bog‘idagi O‘zbekiston paviloni asl holatiga keltirish maqsadida restavratsiya qilinmoqda.

TOShKENT, 16-iyun – Sputnik. VDNX bog‘idagi O‘zbekiston paviloni asl holiga keltirilmoqda, deb xabar qildi "Mir 24" telekanali.

Moskva shahridagi VDNX bog‘idagi 66 pavilon - sobiq SSSR davrida O‘zbekiston paviloni bo‘lgan. Bu yerda O‘zbekiston xalq xo‘jaligi yutuqlari namoyish qilingan.

Pavilon №66 Kultura (Uzbekskaya SSR), postroyenniy v 1954 godu, na territorii VDNX - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi VDNX pavilonlaridan biri O‘zbekistonga muddatsiz foydalanish uchun beriladi

Yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan MGIMO bitiruvchilari forumida Rossiya Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy ushbu pavilon O‘zbekistonga foydalanish uchun muddatsiz ravishda topshirilishi xabar qildi.

Pavilon binosi 1950-yillarda Moskvada keng tarqalgan “Stalin ampiri” hamda o‘zbek milliy me’morchiligi aralashmasi uslubida qurilgan. Ushbu pavilon o‘sha vaqtlarda VDNXning eng chiroyli binolaridan biri bo‘lgan va san’at asari hisoblangan, lekin keyinchalik 90-yillarda qarovsiz qolib ancha zarar ko‘rgan. 

2017 yilda pavilon Moskva shahar hokimligi ixtiyoriga topshirilganidan boshlab u yerda keng qamrovli restavratsiya ishlari boshlab yuborilgan. Restavratorlar ushbu pavilonni autentik holatga keltirishga harakat qilishmoqda.

Moskvada VDNX bog‘i darvozasi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada Navro‘z bayrami VDNX bog‘ida nishonlanadi

Pavilonda o‘rnatilgan 8ta naqshinkor yog‘och eshiklar, pavilon devoridagi bezakli romlar ham ochilishi, pavilonning ichki ko‘rinishi ham to‘liq qayta tiklanmoqda.

Pavilon bezatilgan naqshlarda o‘zbek milliy uslubidagi shakllar bilan bir qatorda Sovet ittifoqi simvoli bo‘lgan besh qirrali yulduzlar ham juda ko‘p uchraydi. O‘sha vaqtdagi ustalar milliy va umumittifoq simvollarni mahorat bilan uyg‘unlashtirgan. Restavratsiya qilingan pavilon bezaklarida ham besh qirrali yulduzlar o‘z joyida saqlab qolinadi. 

Quyida “Mir 24” telekanalining ushbu pavilonda restavratsiya ishlari qanday olib borilayotgani haqidagi reportaji bilan tanishing.

Yangiliklar lentasi
0