Kamilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

© Press-slujba MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov vstretilsya so spespredstavitelem SShA po afganskomu primireniyu Zalmayem Xalilzadom i glavnim ispolnitelnim direktorom korporatsii finansirovaniya mejdunarodnogo razvitiya SShA (DFC) Adamom Bolerom
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov vstretilsya so spespredstavitelem SShA po afganskomu primireniyu Zalmayem Xalilzadom i glavnim ispolnitelnim direktorom korporatsii finansirovaniya mejdunarodnogo razvitiya SShA (DFC) Adamom Bolerom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zalmay Xalilzod O‘zbekistonning Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod va AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boler bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar yaqin siyosiy munosabatlar o‘rnatilganini, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va harbiy-texnikaviy aloqalar mustahkamlanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Sammit C5+1 v Tashkente s uchastiyem Gossekretarya SShA Maykla Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh munosabatlarni rivojlashtirish masalasini ko‘rib chiqadilar

“AQSh tomoni O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishda mintaqaviy yondashuvni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va ushbu yo‘nalishda faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini yana bir bor ta’kidladi”, - deyilgan xabarda.

Muzokaralar chog‘ida Afg‘oniston va mintaqa o‘rtasidagi iqtisodiy, transport-kommunikatsiya aloqalarini kengaytirishga ko‘mak beradigan qator loyihalarni moliyalashtirish uchun DFC mablag‘larini jalb qilish yuzasidan fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0