TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. 2020-yilning 30-iyun kuni videokonferens aloqa orqali yuqori darajali "Markaziy Osiyo – AQSh" ("C5+1") shaklidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etadi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqishi kutilmoqda.