Yevropa Ittifoqi 1-iyuldan qaysi davlatlar uchun o‘z chegarasini ochdi - tafsilotlar

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishFlag YeS u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve
Flag YeS u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi kengashi seshanba kuni tashqi chegaralarni sekin-asta ochish bo‘yicha qaror qabul qildi. Ushbu qaror 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi

TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kengashi 1-iyuldan boshlab YeI o‘z chegaralarini ochishi tavsiya etilgan mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatga Rossiya va AQSh kiritilmagan. RIA Novosti xabari asosida.

Passajir v zale ojidaniya - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘z chegaralarini ochishga qaror qildi

YeI chegarasi ochilgan davlatlar ro‘yxati har ikki haftada yangilab turilishi aytilmoqda. Shuningdek, epidemiologik vaziyatga qarab, ro‘yxat nafaqat kengayishi, balki qisqartirilishi ham mumkin.

O‘zaro hamkorlik tamoyili asosida chegaralar ochilishi tavsiya etilgan mamlakatlarning birinchi ro‘yxatiga: Jazoir, Avstraliya, Kanada, Gruziya, Yaponiya, Chernogoriya, Marokash, Yangi Zelandiya, Ruanda, Serbiya, Janubiy Koreya, Tailand, Tunis, Urugvay va Xitoy kiritilgan.

"Uchinchi davlatlarning ushbu ro‘yxati har ikki haftada qayta ko‘rib chiqiladi va YeI xizmatlari, tegishli muassasalari hamda Komissiyasi bilan maslahatlashuvlardan so‘ng Kengash tomonidan vaziyatga qarab yangilanishi mumkin", - deyiladi bayonotda.

YeI mamlakatlari kengashining 1-iyul sanasidan ittifoqqa uchinchi davlatlardan kirishga bo‘lgan cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha tavsiyalari ijrosi majburiy emas, ammo YeI davlatlari oldindan kelishilmay, maxsus ro‘yxatga kiritilmagan mamlakatlar aholisi uchun cheklovlarni olib tashlashlari tavsiya etilmaydi, deya qo‘shimcha qilingan YeI kengashi xabarida.

Yangiliklar lentasi
0