Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston fuqarolari uchun o‘z chegaralarini ochishga qaror qildi

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishPassajir v zale ojidaniya
Passajir v zale ojidaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ro‘yxatda faqat Qirg‘iziston yo‘q. Shuningdek, AQSh, Rossiya va Braziliya ham.

TOShKENT, 26-iyun - Sputnik. Yevropa Ittifoqi 1-iyul sanasidan ittifoq a’zolari bo‘lmagan ayrim davlatlar uchun o‘z chegaralarini ochishni rejalashtirmoqda. Mamlakatlar ro‘yxati Yevropa komissiyasi tavsiyalari asosida tuzilgan, deb xabar qiladi Euronews.

Prilot turistov  - Sputnik O‘zbekiston
Transport vazirligi aviachiptalar xarid qilishga shoshilmaslikka chaqirmoqda

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ushbu ro‘yxatda Qirg‘iziston yo‘q. Ro‘yxatga shuningdek, AQSh, Rossiya va Braziliya ham kiritilmagan.

O‘zbekistondan tashqari, ro‘yxatga Monako, Chernogoriya, Vatikan, Andorra, Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Ukraina, Albaniya, Turkiya, Kosovo, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Vyetnam, Xitoy, Tailand, Myanma, Mo‘g‘uliston, Yaponiya, Butan, Livan, Hindiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Palau, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Dominika, Bagama orollari, Sent-Lyusiya, Urugvay, Yamayka, Kuba, Gayana, Paragvay, Venesuela, Nikaragua, Kosta-Rika, Gruziya, Zambiya, Kanada, Angola Mavrikiy, Ruanda, Efiopiya, Marokash, Jazoir va Misr kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Rossiyada xalqaro aviatashuvlarni qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha reja taklif qilingan va bunda ishni MDH davlatlaridan boshlash taklif etilgandi. O‘zbekiston Transport vazirligi iyul-avgust oylarida Rossiya bilan avia-parvozlar qayta tiklanishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0