TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Eron Oq uy rahbari Donald Trampni hibsga olish bo‘yicha order berdi. Prezident o‘z vakolatlarini topshirishi bilan javobgarlikka tortilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda Eron bosh prokurori Ali Alkaziy Mehr bayonot qildi, deb xabar bermoqda IRNA.
Ta’kidlanishicha, amerika yetakchisidan tashqari, yana 35 kishi qidiruvga berilgan. Eron hukumati Interpoldan ushbu ishning ustuvorligi tufayli "qizil bildirish" qo‘yilishini so‘raganlar.
Shu bilan birga, gap aynan kim haqida borayotgani ochiqlanmagan.
Eron haqiqatan ham Trampni qidiruvga bergani haqidagi xabarni Interpol hozircha tasdiqlamagan.
Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, ushbu so‘roq qanoatlantirilishi ehtimoli juda kam. Interpolning o‘zi esa "Tashkilotga siyosiy, harbiy, diniy yoki irqiy xarakterdagi aralashuvlar yoki harakatlarni amalga oshirish qat’iyan man etilganligiga" shama qilishgan.
Shu bois, bu turdagi so‘rovlar ko‘rib chiqilmaydi, deya ta’kidlashgan Interpol vakillari.
Eslatib o‘tamiz, eronlik general Sulaymoniy amerikalik harbiylar hujumi oqibatida 3-yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda o‘ldirilgan edi. Uni yo‘q qilish haqidagi buyruq AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan shaxsan berilgan. U sal keyinroq Sulaymoniy amerika elchixonalarining birini portlatishni rejalashtirgani haqida ma’lum qilgan edi.