Tez orada “ruslar ortidan ov” boshlanadi: xavfli erkinlik yo‘q qilinadi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishFacebook feysbuk logo
Facebook feysbuk logo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin kelajakda Facebook Twitter᾽dagi hamkasblaridan o‘rnak olib, “ehtimoliy zararli” nashrlarni alohida belgilashni boshlaydi, deb ma’lum qildi ilg‘or dunyoning haddan tashqari axloqiy vahima bosimi ostida senzurani yanada kuchaytirishga majbur bo‘lgan Mark Sukerberg.

Ta’kidlash joizki, uch hafta oldin Sukerberg mag‘rurlik va takabburlik bilan o‘zining tvitterdagi hamkasbi Dorsining xatti-harakatlarini takrorlamasligini ma’lum qilgan edi, deb yozadi RIA Novosti muallifi Viktor Maraxovskiy.

U "muammoli" postlarni, shu jumladan AQSh prezidenti Donald Tramp muallifligidagi postlarni jamoatchilikdan yashirmasligini va ular noto‘g‘ri va yolg‘on xabarlar haqida ekanligi ogohlantirmasligini ham ma’lum qilgan. Shuningdek, Sukerberg ta’kidlaganki, ijtimoiy tarmoqning ishi – haqiqat hakami bo‘lish emas.

Brifing prezidenta SShA D. Trampa - Sputnik O‘zbekiston
Tramp NYT᾽ning Rossiya haqidagi maqolasini buyurtma deb atadi

Umuman olganda, Amerikani vaqti-vaqti bilan qamrab oladigan va keyinchalik ba’zan Atlantikani kesib o‘tadigan "axloqiy vahima" mexanizmi ko‘p yillar davomida bir xil bo‘lib kelmoqda: jamiyatda avvaliga qandaydir aql bovar qilib bo‘lmaydigan jinoyatda ayblov chiqariladi, so‘ngra, ayniqsa, manfaatdor bosim guruhlari (jamoat, yoki siyosiy bosim bo‘lsin) iqtisodiy va davlat idoralariga tazyiq o‘tkazishni boshlaydilar va natijada kimnidir jodugar singari katta maydonda yoqib yuborishadi, faollar esa aniqlanmay qolib ketgan yaramasni qidirishga tushishadi.

Xuddi shunday holat XVII asrning oxirida mashhur jodugar ovi paytida Salemda bo‘lgan. Yana xuddi shunday holat XX asrning o‘rtalarida MakKartining yashirin kommunistlar ko‘rinishidagi "jodugarlar ovi"da ham ro‘y bergan. 1980-yillarda ham iblisni ulug‘lovchilar (satanistlar-tahr.) maxfiy tarmog‘ining dahshati paytida ham shunday bo‘lgan.

So‘nggi yillarda bir jihati o‘zgardi: ilg‘or dunyoda axloqiy vahimani yaratish katta oqimga aylandi. Nazdimda, 2016-yildan beri navbatdagi vahima to‘lqini bo‘lmagan biron bir tinch yil bo‘lmadi:

  • 2016/2017: hamma joyda erkin dunyoni buzib chiqqan rus xakerlari
  • 2018: hamma joyda MeToo va erkin dunyoni zaharlayotgan rus josuslari
  • 2019: hamma joyda Greta va dunyoni o‘ldirayotgan uglerod izi
  • 2020: hamma joyda tanaffuslarsiz: pandemiya, 5G, xitoy josuslari, Jorj Floyd o‘limi va tizimli irqchilik.

Shunday qilib: joriy axloqiy vahima - shubhasiz qizishi, miqyosi, qurbonlari soni va jahldorlik darajasi bo‘yicha rekordligidir.

Sayyoramizning barcha media makonlari bo‘ylab, Adolat uchun Kurashchilar maqomi ostida faollar guruhlar irqchilik (xuddi shu gomofobiya, xuddi shu Trampparastlik, huddi shu rus izi) belgilarini izlamoqdalar. Yodgorliklar qulatilib va petitsiyalar yozilmoqda. Tartibsizliklarda halok bo‘lganlar soni o‘nlab, jarohatlanganlar soni - ehtimol minglablarga yetib bormoqda.

Dunyodagi barcha narsani ishlab chiqaruvchi korxonalar, siyosatchilar, butun biznes - o‘zlarini tezroq fosh qilishga va la’natli irqchi o‘tmish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni imkon qadar tezroq la’natlashga harakat qilmoqdalar. Men so‘nggi kunlarning eng yorqin misollarini maxsus yozib chiqdim:

  • Uncle Ben's ishlab chiqaruvchilari o‘z brendiga biron bir o‘zgartirish kiritishga va’da berishdi, chunki negr bo‘lmish Ben amaki – 19-asrdagi keksa qullarning umumlashgan janubiy nomlanishiga yaqqol ishora.
  • Eskimo Pie muzqaymog‘ining ishlab chiqaruvchisi qo‘rqinchli ravishda o‘zining shirinligi nomini o‘zgartirishini ma’lum qildi, chunki u o‘z shirinligi bilan olijanob eskimoslarni haqorat qilishni qilishni istamaydi.
  • Anglikan cherkovi rahbari (qirolicha bundan mustasno) Kanterberi arxiyepiskopi “Iso Masihning oq odam qiyofasini qayta ko‘rib chiqish kerak” deb bayonot berdi.

Ushbu talvasalarning bizdagi zaif aks-sadolari - bu Moskvaning sushi restoranlari tarmog‘i avatarining jinsiy ozchiliklarning siyosiy bayrog‘i rangiga qayta bo‘yalishi yoki nemis konsernining mahalliy ilg‘or g‘oyalar komissarlari tomonidan Jorj Floydga yetarlicha hurmat ko‘rsatmaganlikda ayblangan rossiyalik teleboshlovchi bilan reklama shartnomasini bekor qilishi.

Bu harakatlarning barchasi bir qarashda ahmoqona bo‘lib tuyuladi, lekin aslida ma’naviy vahima «g‘oyalar bozori” arboblari uchun xuddi fond birjasi vahimasi fond bozori arboblari uchun imkoniyat kabidir.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp ijtimoiy tarmoqlarni Twitterning ahmoqligi uchun tovon to‘lashga majbur qiladi

Agar birja chayqovchilari vaqtincha umumiy tartibsizliklar natijasida biron bir korxonaning aksiyalarini qulatib, ularni foydali narxda sotib olishlari mumkin bo‘lsa, unda g‘oyalar bozori chayqovchilari esa normallikni nazorat qilish paketlarini qo‘lga kiritish va o‘z nomiga o‘tkazish uchun axloqiy vahima davrlaridan foydalanadilar.

Shu sababdan ilg‘or dunyo aslida bugungi kunda “yangi normallik” davriga kirib bormoqda. So‘z erkinligining asli ahamiyati haqidagi eski g‘oya do‘zaxga g‘arq bo‘lganga o‘xshaydi.

Buning o‘rniga, u yanada yuqoriroq qiymat – so‘zdan  erkinlik kuchga kirmoqda.

Ya’ni, “seyftizm-xavfsizlik” - har narsadan xavfsizlik mafkurasi. Shu jumladan - shikastlovchi / haqorat qiluvchi / yoqimsiz so‘zlar va faktlardan havfsizlik. Yaqinda masxara qilingan “qor uchqunlari kabi tez erib ketadigan odamlar” (o‘zlarini juda nozik va juda noyob deb hisoblaydigan shuning uchun voqelikdan o‘zlariga nisbatan yumshoqroq munosabatni talab qiladigan mijg‘ovlar) orasida paydo bo‘lgan mafkura.

Shunday qilib: qandaydir bir hangoma sifatida boshlangan ushbu mafkura endi ham ma’no, ham mazmun, ham moliyalashtirishga va juda katta potensialga ega bo‘ldi. Garchi u haqiqatni senzura qilib, Facebook va Twitter -dagi ba’zi “muammoli kontent qo‘mitalari” orqali shaxslarni va faktlarning barcha qatlamlarini yopib qo‘yishga sabab bo‘lmoqda. Bunday imkoniyat g‘arbiy elitalarning juda kuchli va yuqori doiralari uchun jozibali ko‘rinmoqda. Buni AQShning 2020-yildagi saylovlar arafasida ular uchun qanchalar kerakligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Boshqacha qilib aytganda, “qor uchqunlari” mafkurasi ijtimoiy, siyosiy va boshqa muhandislik sohalarida mukammal egallagan kuchlar o‘z muomalasiga kiritdi. Va endi ular tomonidan gij-gijlanayotgan “haq-huquq uchun kurash guruhlari” ishlab chiqaruvchilarga keskin ravishda tazyiq o‘tkazib, endilikda 90 ta katta reklama beruvchi o‘zida barcha noto‘g‘rilarni unini o‘chirishdan bosh torayotgan Facebook-ga boykotga qo‘shilishmoqda. Mana endi tarmoq aksiyalari yetti foizga qulamoqda.

Uchastniki protesta, vizvannogo smertyu afroamerikansa Djordja Floyda, na odnoy iz ulis Nyu-Yorka - Sputnik O‘zbekiston
“Ehtimol, bu ruslar”: AQShning mutlaq quroli buzildi

Va endi milliarder Mark Sukerberg o‘zini, Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, uning tarmog‘i tomonidan “tarkibida nafrat bor” kontentni o‘chirilishi  82,6% dan 86% gacha o‘sgani bilan oqlamoqda. Endi u so‘z erkinligi prinsiplarini qo‘ldan boy berib (attang, u endi o‘ta ahamiyatsiz va juda xavfli), haqiqiy senzurani joriy qilishni va’da qilmoqda.

... Bundan siz va biz, va mamlakatimiz uchun qanday xulosa chiqishi mumkin?

Juda sodda.

Agar bizning axborot makonimizni huddi shu ijtimoiy tarmoqlarni tashqaridan boshqarishga intilayotgan ilg‘or mafkura tashuvchilari boshqaradigan bo‘lsa, bizning kelajagimiz shubha ostida qoladi.

Bu odamlar, amin bo‘lganimizdek, qisman bizning axborot makonimizni hozirgacha boshqarishadi - ta’sir ko‘rsatuvchi honimlar bilan reklama shartnomalari orqali, radikal feministik grant mikro-nashrlari shaklida “mafkuraviy nazorat qo‘mitalari” orqali, Tvitter tendensiyalari ega oddiy Feysbuk orqali.

Znamya Pobedi nad Reyxstagom: podrobnosti glavnogo shturma Berlinskoy operatsii - Sputnik O‘zbekiston
Facebook tasodifiy bo‘lmagan xatosi

Agar davlatimiz “yangi normallik” g‘alabasi bayrog‘i alohida Moskva sushi barlari va Amerika elchixonasi binosining old tomonidan Rossiya ko‘chalariga ko‘chib o‘tishini istamasa, u o‘z ichki voqeligini chet ellik haqiqat hakamlari tomonidan senzuralanishi va mafkuralanishidan himoya qilishi kerak.

Va iloji boricha tezroq. Aks holda juda kech bo‘ladi - va Rossiyaning o‘zining axborot makonida (G‘arbning yangi ichki axloqiga ko‘ra) “rus gomofob trollari” ortidan ov boshlanadi va “Rossiyaparast, ya’ni muammoli qarashlar” egalari ovozini asosli o‘chira boshlaydilar.

Yangiliklar lentasi
0