Tramp ijtimoiy tarmoqlarni Twitterning ahmoqligi uchun tovon to‘lashga majbur qiladi

© REUTERS / Leah MillisPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika prezidenti o‘zida siyosiy senzurani joriy qilganligi uchun ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish to‘g‘risida farmonga imzo chekdi.

Trampning sabr-toqatini yo‘qotgan eng so‘nggi tomchi Twitter Oq uy egasining ikkita xabariga foydalanuvchilarga dalillarni tekshirishga chaqiruvchi belgi qo‘ygani, ya’ni uni yolg‘onchilikda ayblagani bo‘ldi.

Prezident SShA Donald Tramp delayet jest, otvechaya na vopros vo vremya yejednevnogo brifinga selevoy gruppi po koronavirusu v Belom dome v Vashingtone, SShA, 21-aprelya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Tramp ijtimoiy tarmoqlarga qarshi qaratilgan qarorni imzolamoqchi

Tramp va uning tarafdorlarini bir necha shtatlar rasmiylari tomonidan noyabr oyida bo‘lajak navbatdagi prezident saylovlari doirasida pochta orqali ommaviy ovoz berishni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan harakatlari tashvishga solmoqda. Tashvishga gubernator-demokratlarning alohida faolligi sabab bo‘lmoqda. Masalan, Kaliforniya shtati rahbari Gevin Nyusom barcha saylovchilarga bulletenlar yuborilishiga ko‘rsatma berdi. Respublikachilarning fikriga ko‘ra, bu ularning raqobatchilarini koronavirus epidemiyasiga qarshi turish bahonasida ovoz berish natijalarini o‘zgartirish niyatini yashiradi.

Prezidentning tvitlari aynan shunga bag‘ishlangan bo‘lib, unda pochta orqali ovoz berish soxtalashtirishga olib kelishini aytilgan, chunki "pochta qutilari ochilib, qalbakilashtiriladi va hatto noqonuniy ravishda chop etilib, imzolanadi".

Prezident SShA Donald Tramp na vstreche s liderami YeS v Brussele, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo "ochiq osmon" va Tramp ortidan kuzatuv haqida gapirmoqda. O‘zi nima gap?

Twitter esa maxsus sahifani yaratdi, unga Tramp xabarlari ostidagi eslatma orqali o‘tsa bo‘ladi. Unda ommaviy axborot vositalari va boshqa foydalanuvchilarning respublikachilarning tashvishlari asossiz va da’volari yolg‘on ekanligini ta’kidlangan tvitlari joylashtirilgan. Xususan, pochta orqali ovoz berishda minimal qonunbuzarliklarni aniqlagan tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

Bu yerda haqiqat kim tomonda ekanligini juda uzoq vaqt muhokama qilish mumkin.

Bir tomondan, Amerika saylov tizimi o‘ziga xos xususiyatlar va arxaizmlarga to‘la, ular sinik skeptiklarning fikriga ko‘ra, saylovlarni manipulyatsiya va qalbakilashtirishdan juda himoyasiz qiladi. AQShdagi saylov jarayoni avvalidanoq barcha partiyalarning halolligi va sof vijdonliligini nazarda tutadi. Aynan shuning uchun Rossiya uchun shunchaki hayratlanarli holatlar mavjud, masalan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz ovoz berish imkoniyati.

Boshqa tomondan, Amerika saylovlarida, ayniqsa keng ko‘lamli saylovlarda, qonunbuzarliklar va soxtalashtirishlar kamdan-kam hollarda qayd etiladi. AQShda saylov jarayonining halolligi davlat-siyosiy tizimning uzoq muddatli barqarorligi va mustahkam milliy konsensusga asoslanadi, deb taxmin qilish mumkin.

Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqda kulguli chellenj tarqatganlarga ma’muriy chora ko‘rilmoqda

Va uchinchidan, respublikachilarning raqiblarining ehtimoliy tovlamachiliklari hususida kuchaygan paranoyasi va keskin siyosiy qarama-qarshilik,  xalqning tarqoqligini chuqurlashgani va liberallarning yangi qattiq mag‘lubiyatiga duchor bo‘lishi sharoitida djentelmenlik kelishuvlariga amal qilinishiga shubha tug‘ilishini tushunsa bo‘ladi.

Umuman olganda, hatto bunday maksimal umumlashtirishda ham ko‘rinib turibdi-ki, bu mavzu munozarali hususiyatga ega va biron bir tomonning yaqqol haqligi to‘g‘risida gapirishning iloji yo‘q: ikala tomonning ham o‘z va’jlari bor. Shunday qilib, prezidentning habarlariga "Tramp yolg‘on gapirapti!" pozitsiyasi bilan suqulib olgan Twitter, konservatorlarning, ularning raqiblari Amerika siyosiy o‘yinining asosiy qoidalariga rioya qilishdan bosh tortishi to‘g‘risida qo‘rquvini faqatgina kuchaytirdi.

Ro‘y bergan hodisa tabiiy ravishda Twitter-ni so‘z erkinligini bo‘g‘ishda va prezident saylovlariga aralashishda ayblagan AQSh rahbarining g‘azabini qo‘zg‘atdi. Endi esa u ijtimoiy tarmoqlarni davlat tomonidan tartibga solishni qat’iylashtirish bo‘yicha tahdidlarini amalga oshirishga tayyor.

Sotsialnie seti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqni yoqtirishlari ma’lum bo‘ldi

Darvoqe, Twitter-ning yon bosish niyati yo‘q. U Trampning tvitlari "saylovchilarni ovoz berish va saylov jarayonida ishtirok etish uchun nima qilish kerakligi to‘g‘risida chalkashtirib yuborishi mumkin" deb ta’kidlab, o‘zining haqligini tasdiqladi.

Shu bilan birga, kompaniya raqobatdosh hamkasblarining qo‘llab-quvvatlashini olmaganligi muhimdir. Facebook asoschisi Mark Sukerberg uning harakatlarini qoraladi va ijtimoiy tarmoqlar internet orqali odamlarning sharhlariga hakam bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi.

Buni senzuraning katta mexanizmini yaratgan, shu jumladan "faktlarni tekshirish bo‘yicha mustaqil ekspertlar" ga tayanib, yolg‘on ma’lumotni o‘z ichiga olgan postlarni alohida belgilaydigan media-platformaning rahbaridan eshitish juda hayratlanarli. Ammo bu Twitter-ning Tramp bilan murosasiz kurashida juda haddidan oshirib yuborganini tasdiqlaydi va bu Tramp uchun ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan harakat qilishga jiddiy sababdir. Sukerbergning bayonoti, o‘z kompaniyasini prezidentning g‘azabidan xalos qilish va raqibiga faqatgina o‘zi harakatlari uchun javob berish imkoniyatini taqdi etish istagiga juda o‘xshaydi.

Aslida, Twitter-ning g‘azabini tushunsa bo‘ladi.

Hatto Fox News kabi konservativ ommaviy axborot vositalarining ta’sir imkoniyatlari tenglasha olmaydigan liberal media-manbalarning birlashgan guruhi bir necha yildan beri ular yoqtirmaydigan prezidentga qarshi chiqmoqda. Biroq, Tramp ijtimoiy platformalar orqali saylovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lib, avvalo aynan shu Twitter-ni ishlatadi.

Ammo ijtimoiy tarmoq bilan kurashish uchun bunday qo‘pol va ochiqchasiga ahmoqona "bizda imkoniyat bor va buni istaymiz, shuning uchun bizga mumkin" nuqtayi nazaridan usul tanlanganligi, 73 yoshli oqsoqol nima uchun ularning-da maydonidagi progressiv jamoatchilik ustidan muvaffaqiyat bilan g‘alaba qozonayotganini tushuntiradi.

Yangiliklar lentasi
0