Migrantlarni ish bilan ta’minlashda xususiy agentliklarni faol jalb qilish kerak - ekspert

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishProfessor Gosudarstvennogo universiteta upravleniya Vladimir Volox
Professor Gosudarstvennogo universiteta upravleniya Vladimir Volox - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GUU professori, Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya Bosh boshqarmasi qoshidagi ekspert-maslahat kengashi a’zosi Vladimir Volox, koronavirus pandemiyasi RFda migratsiya holatida qanday zaif tomonlarini aniqlaganini aytib berdi.

Rossiyadagi chet elliklar uchun qonunchilik bazasini takomillashtirish kerak, dedi Davlat boshqaruv universiteti (GUU) professori, Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya Bosh boshqarmasi qoshidagi ekspert-maslahat kengashi a’zosi Vladimir Volox.

Vacheslav Postavnin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda migratsiya markazini ochishda barcha detallarni puxta o‘ylab chiqish kerak - ekspert

“Menimcha, vaqtincha yashashga ruxsatnoma kabi institut allaqachon eskirib bo‘ldi. Bu yerda tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi kerak”, - dedi Volox Rossiyadagi mehnat migrantlari bilan bog‘liq vaziyatga bag‘ishlangan onlayn-konferensiyada.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Federatsiyasida mehnat migrantlariga bo‘lgan ehtiyoj qolaveradi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

“Moskva viloyati qurilish tashkilotlari chet ellik ishchilarini jalb qilishdan manfaatdor, bu kabi holat uy-joy kommunal xo‘jaligida ham kuzatilmoqda”, - dedi professor.

Ammo, uning fikricha, ko‘p jihatdan, kelib chiqish mamlakatlarda qanday ishlarni amalga oshirish mumkinligini aniqlash kerak, migrantlarni tashkillashtirilgan holda yollashga e’tibor qaratish kerak. Shunda chet elliklar qayerga ketayotganliklarini va ularni qanday sharoitlar kutishini oldindan bilishadi. O‘z navbatida, ish beruvchilar ularga kim kelishini tushunishadi.

Voloxning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun xususiy bandlik agentliklarini (XBA) faolroq jalb qilish kerak.

“Ular qarorlarni tezroq qabul qiladilar, ma’lum amaliy tajribaga ega. XBAlarning salohiyati juda katta”, - deb hisoblaydi professor.

Tafsilotlarni audiofaylda tinglang.

Volox: nado sovershenstvovat pravovoe pole Rossii v otnoshenii migrantov
Yangiliklar lentasi
0