O‘zbekistonda migratsiya markazini ochishda barcha detallarni puxta o‘ylab chiqish kerak - ekspert

© Sputnik / Ruslan KrivobokVacheslav Postavnin
Vacheslav Postavnin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RF Federal migratsiya markazi rahbarining sobiq o‘rinbosari Vacheslav Postavnin respublika fuqarolarini Rossiyada ishga joylashtirish maqsadida O‘zbekistonda ko‘p funksiyali migratsiya markazini ochish borasidagi tashabbus yuzasidan izoh berdi.

O‘zbekiston hukumati respublikada Rossiya Federatsiyasining ko‘p funksiyali migratsiya markazini tashkil qilishni istamoqda, bu markaz "Rossiya Federatsiyasi hududlari va yirik ish beruvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish orqali O‘zbekiston fuqarolarining bandligini tashkil etuvchi operator funksiyani bajaradi”.

Ushbu masalani O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Rossiya Federatsiyasi bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchuk, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan ikki tomonlama uchrashuvida muhokama qildi.

Inostrannie grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ko‘p funksiyali migratsiya markazi ochilishi mumkin

Ayni paytda respublikada Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan fuqarolar uchun yagona migratsiya markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.

RF FMM rahbarining sobiq o‘rinbosari Vacheslav Postavnin ta’kidlashicha: asosiysi, O‘zbekiston hukumati yangi markazdan nimani olishni istamoqda. Uning fikricha, ikkita yo‘l bor.

"Birinchisi, Rossiyadan mustaqil ravishda migrantlarga yordam berish bo‘yicha O‘zbekistonda markaz ochiladi. Bu holatda pul sarflanadi, mutaxassislarni tayyorlash uchun infratuzilma yaratiladi. Markaz xodimlari migrantlar uchun ish qidirmaydi, ammo ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini nazorat qiladi, o‘z fuqarolarining huquqlarini himoya qiladilar", - dedi u.

Ikkinchi yondashuv, Postavninning so‘zlariga ko‘ra, ish qidirish bo‘yicha markazni tashkil qilish. Bu yerda eng muhim masala – hujjatlarni rasmiylashtirish.

"Agar markaz nafaqat ish topib berib, odamga bunday kompaniya uni Rossiyada kutayotganini aytsa, balki patent olish, til imtihonidan o‘tish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda yordam bersa – shunda foydali ish bo‘ladi", - dedi u.

Ekspert patent rasmiylashtirish huquqini boshqa mamlakatlarga o‘tkazish bo‘yicha takliflar bo‘lganini eslatdi, bu uning fikriga ko‘ra noto‘g‘ri.

"Bu huquqni berish mumkin emas", - dedi Postavnin.

"Har qanday ko‘zga ko‘rinmaydigan holatlarda, uning ma’nosini o‘zgartiradigan detallar bo‘ladi. Vakolatlarni aniq ifodalab, yozib chiqish kerak. Hammasi unchalik oson emas”- deydi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0