Jamiyat

Poytaxt va Toshkent viloyatida aholi orasida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka oʻtishObrabotka antisepticheskim rastvorom skameyki
Obrabotka antisepticheskim rastvorom skameyki - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda aniqlangan koronavirus holati 7725 taga yetdi. Davolanayotganlarning 19 nafari ogʻir, 6 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda tun davomida yana 43 ta yangi holat aniqlandi. Jumladan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

“2020 yil 28 iyun soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 7725 (+43) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Testirovaniye na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 7,5 mingdan oshdi

Yangi kasallanganlarning 30 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent shahrida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Shu kunga qadar 5240 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 2465 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 19 nafari ogʻir, 6 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0