O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 7,5 mingdan oshdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishTestirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo
Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 20 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyida 5 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi.

TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 7500 nafardan oshdi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Otkritie plyajey v Los-Andjelese - Sputnik O‘zbekiston
AQShda rasman koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

"O‘zbekistonda 27-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra koronavirus bilan kasallanganlar soni 61 nafarga ko‘paydi va infeksiya yuqtirib olganlarning umumiy soni 7551 nafarga yetdi", - deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;

22 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 12 nafari aholi orasida);

1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni soatlarda Xorazm viloyatida 18 nafar, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, jami 25 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi.

Shunday qilib, koronavirusdan sog‘ayganlar soni 5063 nafarga yetdi.

15 martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 20 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyida 5 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi.

Yangiliklar lentasi
0