TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. AQShda rasman koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi. The Time nashri xabar qildi.
“Payshanba kuni 37 077 ta koronavirus yuqtirib olish holati aniqlandi: bu pandemiya boshlanganidan beri kunlik o‘sishning eng yuqori ko‘rsatkichi”, - deyilgan xabarda.
Texas, Kaliforniya, Floridada kunlik o‘sish holatlari bo‘yicha rekord qayd etildi.
Gubernatorlar karantin cheklovlarini asta-sekin yumshatish boshlagandi.
Florida gubernatori Ron Desantisning so‘zlariga ko‘ra, holatlarning o‘sishi virusga test olish soni ko‘payganiga bog‘liq. Ammo tanqidchilar esa karantin choralarining yumshatilishi - asosiy rol o‘ynadi, deb hisoblashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda 2,41 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 122 550 kishi vafot etdi.