Rossiya harbiy razvedkasi Afg‘onistondagi buyurtma qotilliklarda ayblanmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishZdanie Ministerstva inostrannix del RF na Smolenskoy-Sennoy ploshadi v Moskve
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF na Smolenskoy-Sennoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi RFning Afg‘onistondagi buyurtma qotilliklarda aloqadorligiga doir mish-mishlarga javob berdi

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Rossiya TIV amerika harbiylari buyurtma qotilligida rus harbiy razvedkasining aloqadorligi to‘g‘risidagi mish-mishlarni feyk deya atadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Chleni terroristicheskogo dvijeniya Taliban v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Pentagonning "Tolibon" bilan "birodarligi" qanday yakun topadi

Xususan, diplomatik idora xuddi shunday ayblovlar ilgari surilgan New York Timesdagi maqolaga quyidagicha izoh berdi.

"O‘ta oddiy bu mish-mishlar - biron haqiqatga yaqin narsa o‘rniga, shunday safsatani o‘ylab topishga majbur bo‘lgan amerika razvedkasi propagandistlarining past aqliy salohiyatini yaqqol namoyon etmoqda <…> Afg‘onistondagi yigirma yillik urushda katta muvaffaqiyatsizlikka duch kelgan razvedkadan yana nimani kutish mumkin edi", - deya javob berdi jurnalistlarga TIV vakillari.

Diplomatlar, hech kimga sir bo‘lmagan boshqa sabablarni: masalan, amerika razvedkasining narkotrafikka aloqadorligi, amerika soliq to‘lovchilari pulidan transport karvonlari o‘tishi uchun jangarilarga to‘lanadigan to‘lovlar, turli loyihalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan shartnomalar uchun beriladigan poralar haqida ham eslatib o‘tdilar. "Shunga xohish bo‘lsa, ular amalga oshiradigan kirdikorlar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Bu ular uchun juda noo‘ng‘ay bo‘ladi", - deya qo‘shimcha qilishdi ular.

AQShning toliblar bilan kelishuvi Afg‘onistonga tinchlik olib keladimi? >>>

"Ehtimol amerika razvedkachilariga biz va ularning diplomatlari birgalikda Qobul va toliblar o‘rtasida tinchlik muzokaralarini ishga tushirishga yordam berayotganimiz yoqmayotgandir?! Ularni tushunish mumkin — yuqorida sanab o‘tilgan "qing‘ir" daromadlar manbalaridan mosuvo bo‘lishni istashmaydi", — deya xulosa qilishdi TIV vakillari.

Gossekretar SShA Mayk Pompeo (na foto sleva) 23-marta pribil s neobyavlennim vizitom v stolitsu Afganistana dlya vstrech s prezidentom Afganistana Ashrafom Gani i yego politicheskim konkurentom Abdulloy Abdulloy (na foto sprava) - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston tupigi: AQSh bir-biriga dushman tomonlarni yarashtirishga urinmoqda

Iyun oyi boshida AQSh kongressida respublikachilar fraksiyasi tomonidan e’lon qilingan dokladda, Rossiya boshqa ko‘plab qoralovlar qatorida "Tolibon"ga homiylik qilishda ayblangan edi. Shu tufayli Moskvaga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytirish lozim, deya ta’kidlard Respublikachilar.

Rossiya bu singari ayblovlarni ko‘p bor inkor qilgan.

AQSh "Tolibon"ga qarshi harbiy operatsiyani 2001-yilda boshlagan. Bu operatsiyaning boshlanishiga Vashington toliblar 11-sentabrda teraktlarni amalga oshirgan "Al-Qoida" uyushmasi jangarilarini yashirganliklarini vaj sifatida ko‘rsatgan edi.

"Tolibon" Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda O‘zbekiston harakatlarini alohida e’tirof etdi >>>

Toliblar hukumati ag‘darildi, hokimiyat tepasiga AQShga sodiq bo‘lgan siyosatchilar keldi va "Tolibon"ga qarshi kurashga kirishdi.

Joriy yil fevral oyida AQSh va "Tolibon" 18-yil deganda birinchi marta tinchlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Shartnoma Afg‘onistonda 14 oy ichida chet el qo‘shinlarini chiqarishni (toliblarning eng muhim talablaridan biri) va o‘zaro asir almashuvidan so‘ng afg‘onlararo muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0