Hindistonda homilador bo‘lolmayotgan ayol erkak deb tan olindi

© REUTERS / Hemanshi Kamani Jenshina v zashitnoy maske proxodit mimo graffiti v Mumbai, Indiya
Jenshina v zashitnoy maske proxodit mimo graffiti v Mumbai, Indiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, hindistonlik ayolning ona tomonidan ikki qarindoshi xuddi shunday holatdan aziyat chekkan. Hozirda ayol kimoviy terapiyadan o‘tmoqda, holati stabil.

TOShKENT, 27-iyun - Sputnik. Hindistonlik 30 yoshli ayol homilador bo‘lolmayotgani tufayli erkak, deb tan olindi. Bundan tashqari, unda tuxumdon saratoni aniqlangan. Bu haqda Sputnik radiosi xabar bermoqda.

Kolbi s reagentami dlya ekspress-testov na koronavirus v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus vaksinasini birinchi bo‘lib sinagan ayol o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi

Xabarga ko‘ra, Kalkuttalik ayol biologik xususiyatlarga ko‘ra, nozik jins vakili hisoblangan, ammo 9-yil davomida homilador bo‘la olmagan. Bundan tashqari, uning mudom qorni og‘rigan.

O‘shanda ayol shifokorlarga yordam so‘rab murojaat qilgan va tuxumdonlari rivojlanmay qolganidan xabar topgan.

Tekshiruv davomida ayol - XY - erkak jinsiy xromosomalariga egaligi aniqlanadi. Shuningdek, unga "tuxumdon raki" tashxisi qo‘yiladi.

"Uning ovozi, rivojlangan ko‘kraklari, tashqi jinsiy a’zolari - bularning barchasi u ayol ekanligiga ishora qilardi", - deya tushuntiradi onkolog Anupam Dutta.

Medik bu juda noyob holat ekanligini qo‘shimcha qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, hindistonlik ayolning ona tomonidan ikki qarindoshi xuddi shunday holatdan aziyat chekkan. Hozirda ayol kimoviy terapiyadan o‘tmoqda, holati stabil.

Yangiliklar lentasi
0