BSST Tojikiston va Turkmanistonni COVID-19 yo‘qligiga tekshiradi

© United States Mission GenevaFlag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ)
Flag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikkala respublika hukumati ham o‘z mamlakatlarida bironta koronavirus bilan bemorlanish holatlari qayd etilmaganini ta’kidlagan

TOShKENT, 23 apr - Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) missiyasi Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Ushbu davlatlar hukumatlari mamlakatda COVID-19ga chalinish bo‘yicha bironta ham holat qayd etilmaganligini ta’kidlashgan.

Doktor v zashitnom kostume testiruyet devushku na koronavirus v Axmedabade, Indiya - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus hali uzoq davom etadi - BSST rahbari

Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qilmoqda.

Jon Xopkins universiteti xaritasida hozircha ikkala davlat ham oq dog‘lar bilan belgilangan, bu infeksiya ushbu mamlakatlarga kirib bormaganini anglatadi. Bunday davlatlar soni dunyo bo‘yicha 11tani tashkil etadi.

BSST missiyasi Tojikiston va Turkmanistonga keladi va shahar, tibbiy muassasalar va mamlakatning boshqa muhim obyektlarida tekshiruvlarni o‘tkazadi.

Ushbu tashrif yakuni bo‘yicha tashkilot vakillari o‘z xulosalarini e’lon qiladilar: ya’ni respublikalardagi epidemiologik holat rostdan ham stabilmi yoki yo‘q ma’lum bo‘ladi.

Shuningdek, mutaxassislar COVID-19 tarqalishining oldini olish va himoyalanishni yaxshilash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini beradilar.

Bu orada butun dunyoda koronavirusdan bemorlanganlar soni 2,6 milliondan oshdi, pnademiya qurbonlari soni 185 mingtaga yetdi, 723 ming kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0