O‘zbekistonda ko‘p funksiyali migratsiya markazi ochilishi mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishInostrannie grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti.
Inostrannie grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu tashabbus O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzakov Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida ko‘rib chiqildi.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyada mamlakat fuqarolarining ishga joylashishi uchun ko‘p funksiyali migratsiya markazini ochish rejalashtirilmoqda.

Ushbu tashabbus O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzakovning Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida Rossiya Hukumati raisining o‘rinbosari Aleksey Overchuk, Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvida ma’lum qilindi.

“Shuningdek, Rossiya viloyatlari va yirik ish beruvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish orqali Rossiya Federatsiyasida O‘zbekiston fuqarolarining bandligini tashkil etuvchi operator bo‘lib xizmat qiladigan ko‘p funksiyali migratsiya markazini O‘zbekiston hududida ochish tashabbusi muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Yagona migratsion markaz o‘z faoliyatini boshlagan. Markazning asosiy maqsadi Rossiyaga vaqtinchalik mehnat qilish uchun ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarini jo‘nash oldidan tayyorlash, moslashuv va psixologik tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.

Shuningdek, Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini o‘rgatish va patent olish uchun talab etiladigan tegishli sertifikatni O‘zbekistonda berish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi.

Yangiliklar lentasi
0