Muzlatgich ichidagi sayohat: nima uchun Lenin mo‘miyosining qo‘llari qorayib ketdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTelo Vladimira Ilicha Lenina v Mavzolee V.I. Lenina
Telo Vladimira Ilicha Lenina v Mavzolee V.I. Lenina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikkinchi Jahon urushining birinchi kunlaridayoq Politburo Lenin jasadini Tumenga yuborishga qaror qiladi.

Tobut chinordan yasaldi. Tana balzam bilan namlangan choyshabga o‘raldi. Ustiga qalqon qo‘yishdi. Qopqoq bilan yopishdi. Ustini mixlab o‘tirmadilar. Bir necha kundan keyin tobut ochilishi kerak edi. 1941-yil 26-iyunda Leninning jasadini Moskvadan evakuatsiya qilishga qaror qilindi. Sputnik radiosi muallifi Olga Bugrova maqolasiga asosan.

Urushning beshinchi kunida kompartiya Markaziy Komiteti Siyosiy burosining maxfiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “1-raqamli obyekt”ni Tumenga olib borishga qaror qilindi. Tanadan tashqari yurak va miyani (alohida saqlanardi), shuningdek yodgorlikni: 1918-yildagi suiqasddan keyin Leninning yelkasidan chiqarib olingan o‘qni olishdi. 3-iyul kuni maxsus poyezd Moskvadan jo‘nab ketdi. Unda nima olib ketilayotganini hatto uni kutib olishga hozirlik ko‘rishayotgan joydagilar ham bilishmas edi.

Qotil jazirama

Sostav uch vagondan iborat bo‘lgan. Vagonlarda birorta ham begona odam bo‘lmagan. 20 nafar soqchi va ikkala poyezd haydovchisi ham davlat xavfsizlik xizmati xodimi. Harbiy bo‘lmaganlar - biokimochi Boris Zbarskiy boshchiligidagi shifokorlar guruhi edi.

Mavzoley V. I. Lenina - Sputnik O‘zbekiston
Lenin jasadi mavzoleydan olib chiqiladimi? – Putin javobi

U 1924-yilda Leninning tanasini balzamlagan va salkam 30-yil davomida uning holatini kuzatgan. Ikkinchi eng qimmat yuk - bu ikkita muzlatgich (harorat -12-15 daraja). Zbarskiy muzlatish moslamalari yo‘lda ishdan chiqib qolishidan qo‘rqqan, poyezddagi issiq havo esa uning "yuklari" xavfli edi. Ammo hammasi yaxshi kechdi va “1-chi raqamli yuk”ga shikast yetmadi. Poyezd uch kunda Tumenga yetib bordi. Nega aynan shu shaharni tanlashganini “Gorki Leninskie” muzey-qo‘riqxonasining bosh ilmiy xodimi Svetlana Generalova tahmin qilib ko‘rdi: “Ehtimol, Politburo yig‘ilishida Stalinga o‘zining Sibirga surgun qilinishi bo‘yicha biror narsa esiga tushib ketgandir?” Djugashvili haqiqatan ham Tumenda bo‘lgan - hatto rahbarlik paytida, siyosiy surgun sifatida bu shahar orqali yurgan. Ammo bu shahar noto‘g‘ri tanlov bo‘ldi. Iyul oyi boshida u yerda, yopiq maxsus poyezdga qaraganda ancha issiq edi. Va Zbarskiyga ma’kul keladigan bino ham topilmagan - bo‘sh, alohida joylashgan, uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlangan: muzlatgichlar bir necha oy yoki hatto yillar davomida kun bo‘yi ishlashi kerak edi. Jami 1360 kun o‘tdi. Leninning jasadi Tumenda shuncha payt qolib ketdi.

Dam olgan va yangilangan

Selxoztexnikum binosini tanladilar. U ta’mirlandi, elektr energiyasi uzatildi. Ichiga Moskvadagi Mavzoley singari “Birinchi raqamli post” joylashtirildi - faqat o‘ta maxfiylangan. To‘satdan mo‘miyoning qo‘llari qora dog‘larga to‘la boshladi. Svetlana Generalova aytib beradi:

Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov Lenin jasadini ko‘mishni taklif qildi

“Bu zamburug‘ bo‘lib chiqdi. Aniqlanishicha, Omskdan yuborilgan tibbiy bint va xalatlar yomon sterilizatsiya qilinganligi sababli paydo bo‘lgan. Dog‘larga formalin bilan ishlov berilganidan keyin g‘oyib bo‘ldi. Tibbiy kiyim va asboblarni esa mustaqil ravishda o‘zlari sterilizatsiya qila boshladilar. Bundan tashqari, Zbarskiy Lenin jasadini singdirish moddasi tarkibini yaxshilash ustida ko‘p ishladi. U o‘z ishini baholash uchun ikki marta Moskvadan komissiya chaqirtirdi”.

Aytishlaricha, Moskvadagi iyun yig‘ilishida Stalin: “Leninni Tumenga olib boringlar, u yerda unga yaxshi bo‘ladi”, degan. Moskvadan kelgan birinchi komissiya hisobotiga qaraganda, Leninning jasadi juda yaxshi holatda edi. Svetlana Generalova eslatdi: hujjatda “obyekt”ning a’lo saqlanganligi qayd etilgan. Leninning tanasi go‘yoki yangilangandek edi. Moskvadagidan ham yaxshiroq ko‘rinardi.

Yangiliklar lentasi
0