BSST koronavirus shiddat bilan tarqalayotgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi

© Wikipedia / Thorkild Tylleskar Shtab-kvartira VOZ v Jeneve.
Shtab-kvartira VOZ v Jeneve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar tezlik bilan davom etayotgan tarqalishni to‘xtatmasa, infeksiya avj olishi Yevropadagi sog‘liqni saqlash tizimini yana inqiroz yoqasiga olib kelib qo‘yadi, deya qayd etadi BSST

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Koronavirus infeksiyasi shiddat ila tarqalayotgan 11ta mamlakat ro‘yxati shakllantirildi. Ular orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari ham bor. Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy burosi direktori Xans Klyugening dokladida aytilgan.

Sotrudniki rabotayut nad predotvrasheniyem poyavleniya novogo koronavirusa na stansii Suseo v Seule, Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini haqida e’lon qildi

"Mamlakatlar choralarga tuzatishlar kiritayotgan bir necha hafta davomida men infeksiya qayta avj olishi xavfi haqida gapirgan edim. Yevropaning ayrim mamlakatlarida bu xatar real tus oldi - 30ta davlat va hududlarda oxirgi ikki hafta davomida yangi holatlar soni ortdi. Shu davlatlarning 11tasida kasallikning shiddat ila yuqishi tarqalishni kengaytirdi. Agar buni to‘xtatmasa, bu avj olish yana Yevropa sog‘liqni saqlash tizimini inqiroz yoqasiga olib kelib qo‘yadi", - dedi Klyuge.

Klyuge tomonidan ko‘rsatilgan 11ta davlat ro‘yxatiga Armaniston, Shvetsiya, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Qirg‘iziston, Ukraina va Kosovo kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0