TOShKENT, 24-iyun - Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston delegatsiyasining ikki a’zosi orasida COVID-19ni aniqlagani sababli Moskvadagi g‘alaba paradida qatnashmadi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Algoritmga binoan, prezident, delegatsiya a’zolari va hamroh shaxslar Moskvaga yetib kelganlarida koronavirusga test topshirishgan.
Prezident devoni tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Daniyar Sidiqov va yana bir nafar xavfsizlik xodimi topshirgan test musbat natija bergan.
"Keyingi algoritmga ko‘ra, prezident Ulug‘ Vatan urushi g‘alabasining 75-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashmaslikka qaror qildi", - dedi matbuot xizmati vakili.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi avj olishini pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida infeksiyaga chalinganlik bo‘yicha 8,9 million holat aniqlangan, 469 ming kishi halok bo‘lgan.