Mutaxassis nima uchun smartfondagi Bluetooth-ni o‘chirib qo‘yish kerakligini aytdi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishStart prodaj v Rossii flagmanskix smartfonov Huawei
Start prodaj v Rossii flagmanskix smartfonov Huawei - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Agar foydalanuvchilar Bluetooth-ni doimiy ravishda yoqilgan holatda olib yurib va uni aniqlanishiga ochiq tursa, u batareyani quvvati biroz tezroq kamayishiga olib kelishi mumkin”, - deya ogohlantiradi mutahassis.

TOShKENT, 24-iyun - Sputnik. Smartfonda yoqilgan Bluetooth tarmog‘i qurilma quvvatini nafaqat muddatidan oldin pasaytiradi, balki jinoyatchilar tomonidan ko‘rinmas hujumga olib kelishi mumkin, dedi RIA Novostiga Avast kompaniyasi raqamli xavfsizlik bo‘yicha katta dasturchi-muhandisi Voytex Bochek.

Sotoviy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Mobil telefon buzilishiga olib keladigan odatlar – ekspertlar maslahati

“Agar foydalanuvchilar Bluetooth-ni doimiy ravishda yoqilgan holatda olib yurib va uni aniqlanishiga ochiq tursa, u batareyani quvvati biroz tezroq kamayishiga olib kelishi mumkin”, - deya ogohlantiradi mutahassis.

Bundan tashqari, Bluetooth avtomatik ravishda qisqa muddatga foydalanuvchi tarmoq orqali boshqa qurilmaga ulanishi uchun o‘zini aniqlatish rejimiga o‘tadi. Ushbu funksiya foydalanuvchining qulayligi uchun ishlaydi, lekin shu bilan birga smartfonga ruxsatsiz ulanish xavfini oshiradi.

“Agar Bluetooth-dagi aniqlash rejimi o‘chirilsa yoki Bluetooth butunlay o‘chirib qo‘yilsa, u boshqa qurilmalarga ma’lumot yuborish yoki telefon bilan aloqa o‘rnatishiga imkon bo‘lmaydi. Ammo Bluetooth yoqilgan bo‘lsa ham, biron bir narsa telefonga qabul qilishdan yoki boshqa smartfonlar bilan ulanishni boshlashdan oldin, foydalanuvchilar ushbu harakatni teng ravishda tasdiqlashlari kerak. Bunday chiqib turadigan oynalar odamni chalg‘itishi yoki noqulaylik tug‘dirishi mumkin, shuning uchun ushbu funksiyani to‘liq o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi”, - dedi Bochek.

Shkolniki vo vremya peremeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Maktab o‘quvchilari uchun maxsus mobil aloqa dasturini ishlab chiqish taklif qilindi

Kiber hujumni amalga oshirish uchun jinoyatchilarga avvaliga Bluetooth adapterining MAC-manzili kerak bo‘ladi. “Agar telefonning o‘zini aniqlash funksiyasi aktiv holatda bo‘lsa buni aniqlash osonroq bo‘ladi. Shuning uchun smartfoningizdagi Bluetooth-ni o‘chirib qo‘yish yoki undan foydalanmayotganingizda uni boshqa qurilmalar uchun yopiq qilib qo‘yish ma’qulroq bo‘ladi”, - deya ta’kidladi mutaxassis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, texnologiya bir qator zaifliklarga ega, ammo tashvishga sabab yo‘q: Bluetooth-ning imkoniyatlari va versiyalari doimiy ravishda yangilanib turmoqda.

Yangiliklar lentasi
0