TOSHKENT, 21 may – Sputnik. "Izvestiya" gazetasi mobil smartfonlar muddatidan oldin buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan odatlarni sanab oʻtgan.
Birinchi navbatda telefon egalarining ehtiyotsiz harakatlari oqibatida telefon buzilishi mumkin. Koʻp holatlarda telefon tushib ketadi yoki choʻkib ketadi. Koʻpchilik suvdan himoyaga ishonishadi, biroq suv oldidagi selfilar va chuqur suvga tushib ketish holatlari telefon ishdan chiqishiga olib keladi. Smartfonlarni yuvish ham xavfli, kuchli bosimi oqibatida suv telefon ichiga kirishi mumkin.
Yana bir zararli odatlardan biri kechasi telefonni zaryadkaga qoʻyish. Uyqudan oldin telefonni quvvatlagichga qoʻyish vaqtda ulagich buzishi mumkin, chunki qorongʻilikda hamma ulagichga tusha olmaydi.
Ekspertlar quvvatlagich uchun arzon va sifatsiz simlardan voz kechishni maslahat beradi. Chunki ular akkumulyatorga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.
Shuningdek, telefon ustini kiyim bilan yopish yoki yostiq ostidaga qoʻyish ham maslahat berilmaydi, bu telefon qizib ketishiga olib keladi.
“Litiy-ion akkumulyatorlar sovuq va issiqlikni juda ham yoqtirmaydi. Yoshda quyoshda telefon yoki qishda avtomobil salonida yoqilgan dvigatelda sovuq temperaturada zaryadka qilish uning ishlash muddatini jiddiy qisqartiradi”, - deb yozadi nashr.
Shu bilan birga, zaryadka vaqtda “ogʻir” oʻyinlarni oʻynash telefonni haddan ziyod qizib ketishiga olib keladi.
Akkumulyatorni 0 foizgacha elektrsizlanish ham telefonga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Telefon 15-20 foiz boʻlganda zaryadka qilish kerak.
Bundan tashqari, telefonga yuklatilgan ilovalarga ham eʼtibor berish zarur. Ular fon rejimida ishlashi smartfonning batareyaning ishlash muddatini sezilarli darajada qisqartiradi.