Tantanalarda 14 mingdan ziyod harbiy xizmatchilar, 200dan ortiq texnika va 75ta uchar apparatlar ishtirok etdi.
Bu kunda natsist dushman ustidan erishilgan umumiy gʻalabani nishonlash uchun 13 ta davlat birlashdi.
Bayramona marshda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Moldova, Moʻgʻuliston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari qatnashdilar.
Paradda ishtirok etish uchun yuqorida qayd etilgan davlatlar rahbarlari ham tashrif buyurishdi.
Ushbu muhim voqea qanday oʻtgani haqida - foto-lentamizda tomosha qiling!
Bu orada, parad yakunlanganiga qaramay, tantanalar davom etmoqda! Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan tantanalar Moskvadagi Lujnetskaya daryosi ustida otiladigan bayram salyuti bilan yakunlanadi. Salyut zalplari 23.00 da otiladi.

























