Tantanalarda 14 mingdan ziyod harbiy xizmatchilar, 200dan ortiq texnika va 75ta uchar apparatlar ishtirok etdi.
Bu kunda natsist dushman ustidan erishilgan umumiy g‘alabani nishonlash uchun 13 ta davlat birlashdi.
Bayramona marshda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Moldova, Mo‘g‘uliston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston harbiy xizmatchilari qatnashdilar.
Paradda ishtirok etish uchun yuqorida qayd etilgan davlatlar rahbarlari ham tashrif buyurishdi.
Ushbu muhim voqea qanday o‘tgani haqida - foto-lentamizda tomosha qiling!
Bu orada, parad yakunlanganiga qaramay, tantanalar davom etmoqda! Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan tantanalar Moskvadagi Lujneskaya darosi ustida otiladigan bayram salyuti bilan yakunlanadi. Salyut zalplari 23.00 da otiladi.