Tramp Obamani davlatga xoinlikda aybladi

© REUTERS / Carlos BarriaIzbranniy prezident SShA Donald Tramp privetstvuyet prezidenta Baraka Obamu na inauguratsii
Izbranniy prezident SShA Donald Tramp privetstvuyet prezidenta Baraka Obamu na inauguratsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramp AQSh maxsus xizmatlari xodimlari 2016-yilda uning saylovoldi dasturi ustidan kuzatuvni amalga oshirishgani haqida oldin ham ko‘p bora ta’kidlagan edi.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti SShA Donald Tramp 2016-yilda o‘zining saylovoldi kampaniyasi kuzatuvda bo‘lgani haqida ma’lum qilib, o‘tmishdoshi Barak Obamani davlatga xoinlikda aybladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Rossiyskiy politolog Igor Shatrov - Sputnik O‘zbekiston
Shatrov: AQSh siyosatchilari Tramp va Rossiyani mamlakatdagi barcha muammolar uchun ayblaydi

"Bu davlatga xoinlik. Qarang, ancha oldin men qilgan chiqishimda ular bizning kampaniyamiz ortidan josuslik qilishganini aytgan edim. Ular bizni tinglashgan, bu qo‘shtirnoq ichida aytilgan bo‘lib, eshitishning zamonaviy usullarini anglatardi... Ular mening kampaniyam ortidan josuslik qilishgan, men bu haqda ancha oldin aytganman. Ko‘rinib turibdiki, men haq ekanman", — degan Tramp CBN News telekanaliga bergan intervyusida.

Tramp AQSh maxsus xizmatlari xodimlari 2016-yilda uning saylovoldi dasturi ustidan kuzatuvni amalga oshirishgani haqida oldin ham ko‘p bora ta’kidlagan edi. 2016-17 yillarda demokrat-prezident Obama davrida FQB (FBR) Trampga qarshi surishtiruv ishlarini o‘tkazgan edi. Bu surishtiruv "Xochsimon olov bo‘hroni", deya nomlangan. Tergovchilar prezidentlikka nomzod saylovlarda g‘olib chiqish uchun Rossiya hukumati bilan til biriktirgan bo‘lganmi, shuni aniqlashtirishga harakat qilganlar. Sal keyin xuddi shu masala mustaqil maxsus prokuror Robert Muller tomonidan o‘rganilgan va u 2019-yilning bahorida bunday til biriktiruv bo‘lganligi haqida dalillar mavjud emas, degan xulosaga kelgan.

Rossiya va Tramp bu ayblovlarni keskin rad etib kelganlar, AQSh prezidenti ularni siyosiy motivatsiyalangan, deb biladi.

Yangiliklar lentasi
0