O‘zbekistonda koronavirus: bugungi asosiy xabarlar

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishLaboratoriya dlya testirovaniya na koronavirus
Laboratoriya dlya testirovaniya na koronavirus  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida 73 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 4 450 nafarga yetdi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19ga qarshi immunitet atigi 2-3 oy saqlanib qoladi - Xitoy olimlari

Bir sutka davomida 86 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6401 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonga xorijdan qaytgan 43 fuqaroda koronavirus aniqlandi, 35 nafari karantin markazidagi fuqarolar, 1 nafari — Toshkent shahrida aholi orasida va 7 nafari — Toshkent  viloyatida bemor bilan muloqotda bo‘lgan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 73 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni  4450 nafar.

Ayni paytda 1932 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.  Ayni vaqtda 18 nafar bemorning ahvoli og‘ir.

O‘zbekistonda 1 038 575 ta koronavirus testi o‘tkazildi. 59 540 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.

Karantin zonada o‘lim

Yuqorichirchiq tumanidagi “O‘rtasaroy” karantin markazida 42 yoshli fuqaro o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan joriy yilning 21-iyun kuni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan xabar o‘rganildi.

Sotrudniki rabotayut nad predotvrasheniyem poyavleniya novogo koronavirusa na stansii Suseo v Seule, Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini haqida e’lon qildi

Aniqlanishicha, Farg‘ona viloyatida yashagan fuqaro S.S. 20.06.2020 yilda “O‘rtasaroy” karantin markazida o‘zi yotgan xonaga o‘rnatilgan konditsionerning tashqi tomondagi parragiga choyshab bilan noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini osganligi oqibatida vafot etgan.

Ish hujjatlariga ko‘ra, S.S. 15.06.2020 yil kuni charter reys orqali “Moskva-Toshkent” yo‘nalishida O‘zbekistonga kelgan va “Covid-19” koronavirusiga chalingan yoki chalinmaganligini aniqlash maqsadida Yuqorichirchiq tumanidagi “O‘rtasaroy” karantin markaziga joylashtirilgan va undan koronavirusga surtma olingan.

Mazkur holat yuzasidan tushuntirish bergan A.E. joriy yilning 15-iyun kuni charter reys orqali “Moskva-Toshkent” yo‘nalishida O‘zbekistonga kelganligi va “O‘rtasaroy” karantin markaziga olib kelinganligini, shu kunning o‘zida 1 ta xonaga to‘rt kishi bo‘lib kirishganligini, ularning biri ya’ni S.S. o‘zini yomon tutib kasallikka chalinganligini aytib ular bilan turishni xohlamaganligini, yarim soatlarcha xonaning hovlisida o‘tirganligini, shundan so‘ng shifokorlar kelib u bilan suhbatlashib, uni alohida xonaga joylashtirganligini bayon qilgan.

Shuningdek, “O‘rtasaroy” karantin markaziga xizmatga kelgan, Toshkent shahar Olmazor tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika shifokori Sh.M. ning holat yuzasidan bergan tushuntirishida fuqaro S.S. karantin hududiga joylashtirilgan kundan boshlab o‘zini agressiv tuta boshlaganligini, ovqat yeyishni xohlamaganligini, virusga chalinganligini aytib u bilan birga joylashtirilgan shaxslarga kasalligini yuqtirishi mumkinligini va ular bilan birga turishni xohlamagan holda boshqa konteynerga joylashtirishlarini talab qilganligini, shundan so‘ng blokda tinchlik saqlash maqsadida S.S. boshqa xonaga  o‘tkazilganligini, 16-iyun S.S. psixiatr ko‘rigidan o‘tganligini bayon qilgan.  

Rabota virusologicheskoy laboratorii, gde proizvoditsya analiz na novuyu koronavirusnuyu infeksiyu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada yaratilgan vaksina koronavirusdan eng kamida necha yil himoya qilishi aytildi

Holat yuzasidan Yuqorichirchiq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Hududlar ro‘yxati yangilandi

2020 yil 20-iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilgan tuman (shahar)lar ro‘yxati yangilandi.

Hududlar ro‘yxati.

Turkiya-O‘zbekiston parvozlari

Turkiyaning Turkish Airlines xalqaro aviakompaniyasi 1-iyuldan Istanbul–Toshkent parvozlarini qayta yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Samolyotlar haftasiga 4-marta: Istanbuldan Toshkentga seshanba, chorshanba, shanba va yakshanba kunlari; Toshkentdan Istanbulga esa dushanba, seshanba, juma va shanba kunlari qatnovlarni amalga oshiradi.

Rossiyadan O‘zbekistonga

O‘tgan hafta davomida maxsus charter parvozlar bilan Rossiyadan O‘zbekistonga 1100dan ortiq fuqarolar olib chiqildi. O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish uchun Moskva shahridan 4ta parvoz, Qozondan 1ta parvoz tashkil qilingan.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning 188 ta davlatiga yetib bordi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 8,9 milliondan oshdi, 468 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQSh (2,2 mln), Braziliya (1,0 mln), Rossiya (583 ming).

Yangiliklar lentasi
0