Mirziyoyev Nazarboyev bilan qator chora-tadbirlarni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev elboshi Nursulton Nazarboyevga tez orada tuzalib ketishini, mustahkam sog‘lik va kuch-quvvat tiladi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti – elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev elboshi Nursulton Nazarboyevga tez orada tuzalib ketishini, mustahkam sog‘lik va kuch-quvvat tiladi.

Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Nazarboyevdan hol so‘radi

Muloqotda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘istonning jadal rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlari va iqtisodiyotlariga pandemiya oqibatlarining salbiy ta’sirini kamaytirish borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan birgalikda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Bu boradagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni yanada kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

Ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Qozog‘iston amaliy hamkorligi kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro manfaatli aloqalarning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘ndan ortiq yangi loyihani amalga oshirish nazarda tutilayotgan sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ma’qullandi.

Shuningdek, bo‘lajak uchrashuv va tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan Nursulton Nazarboyevga maktub yo‘llab, hol so‘ragan edi.

Yangiliklar lentasi
0