Shavkat Mirziyoyev Nazarboyevdan hol so‘radi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu
Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevdan hol-ahvol so‘rab, uning tez orada koronavirusdan tuzalib ketishiga ishonch bildirdi.

TOShKENT, 19-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga maktub yo‘lladi.

Maktubda Shavkat Mirziyoyev elboshidan koronavirusga chalinganidan xavtotirda ekani va uning tezroq tuzalib ketishiga ishonch bildirgan. 

"Hech shubhasiz, qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli yengib o‘tib, shifo topishingizga va tuzalib ketishingizga ishonchim komildir", - deyilgan O‘zbekiston prezidenti maktubida. 

Eslatib o‘tamiz, 18-iyun kuni Qozog‘iston prezidenti koronavirusga chalingani haqida xabar berilgan edi. Ayni damda Nazarboyev izolyatsiya qilingani va kasallik simptomsiz, yengil ko‘rinishda o‘tayotgani ma’lum. 

Yangiliklar lentasi
0