Uy bekasi, Mudofaa ishlari bo‘limi xodimi: aholi orasida kimlarda COVID-19 aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDezinfeksiya mashin vyezjayushix v Tashkent
Dezinfeksiya mashin vyezjayushix v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nafaqat poytaxt yoki Toshkent viloyatida, balki olis Surxondaryo viloyatidan tortib, Xorazm vohasida ham aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlanmoqda

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Ayni paytda nafaqat poytaxt yoki Toshkent viloyatida, balki olis Surxondaryo viloyatidan tortib, Xorazm vohasida ham aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlanmoqda, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

19 iyunda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 179 nafar bemordan 29 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 20-iyun kuni esa 207 nafar bemordan 19 nafari aholi orasida tasdiqlandi.

Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro va Sirdaryoda aholi orasida koronavirus aniqlandi

20 iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Toshkent shahrida 13 nafar, Toshkent viloyatida 4 nafar, Surxondaryo va Xorazm viloyatida esa 1 nafardan  tashkil etmoqda.

Jumladan, Toshkent shahridagi sanoat korxonasining 4 nafar xodimi va ularning 5 nafar oila a’zolarida, Uchtepa tumani yashovchi M.M.da (oromgohga ketish maqsadida namuna topshirgan), Mirobod tumanida yashovchi N.Sh.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), Shayxontohur tumanida yashovchi uy bekasi D.Z.da (tana harorati ko‘tarilib, xususiy shifoxonaga murojaat qilgan), Olmazor tumani Mudofaa ishlari bo‘limi xodimi E.Sh.da (harbiy chaqiriqqa kelgan bolalar bilan muloqotda bo‘lgan) kasallik qayd etilgan.

Shuningdek, Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi Sh.E.da (ishga kirish maqsadida namuna topshirgan), Mudofaa ishlari boshqarmasi Yuqori Chirchiq tumani xodimi D.A.da (mehnat ta’tilidan ishga chiqqan va tana harorati ko‘tarilishi sababli namuna topshirgan), Yangiyo‘l tumanida yashovchi M.M.da  va Chirchiq shahrida yashovchi I.N.da (profilaktika maqsadida namuna topshirishgan), Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani yashovchi Sh.E.da (Toshkent shahrida yollanma ishchi bo‘lgan, tana harorati ko‘tarilib, o‘zi namuna topshirgan) hamda Xorazm viloyatida Toshkent viloyatidagi MChJga qarashli yuk avtomashinasi haydovchisi V.T.da (viloyatga kirish blok postida namuna olingan) ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

Jiteli goroda Dushanbe v zashitnix maskax na ulitse - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus Markaziy Osiyoda: Tojikistonda kunlik eng kam holat aniqlanmoqda

Ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda jami 6216 ta koronavirus holati aniqlangan. Shu kunga qadar ularning 69 foizi, ya’ni 4290 nafar bemor tuzalib ketgan. Tibbiyot muassasalarida  1907 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0