Buxoro va Sirdaryoda aholi orasida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishTestirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo
Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yana 63 kishiga koronavirus kasalligi tashxisi qo‘yildi. Buxoroda aholi orasida 11 ta yangi kasallanish holati aniqlandi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus holati 63 taga ko‘paydi.

“2020 yil 21-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6216 (+63) nafarni tashkil etmoqda”,  - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Marufjon Madaminov — zaveduyushiy laboratoriyey chumi Respublikanskogo sentra profilaktiki chumi, karantinnix i osobo opasnix infeksiy Minzdrava RUz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanish soni ko‘payishi sababi nimada – virusolog

Yangi kasallanganlarning 48 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 13 nafari Buxoro viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Shu kunga qadar 4290 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 1907 nafar bemor davolamoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0