Toshkentda “Bitcoin” noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga tushdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishBitkoin i texnologiya blokcheyn
Bitkoin i texnologiya blokcheyn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda “Bitcoin” savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi va 190-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Toshkentda “Bitcoin” savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.

Messendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik O‘zbekiston
AQSh hukumati Telegram kriptovalyutasini ta’qiqladi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlandi.

U 2019–2020 yillarda internet tarmog‘idagi Telegram kanalida fuqarolarga 3 mln. AQSh dollari miqdoridagi kriptoaktivlar ko‘rinishidagi mablag‘larni ayirboshlash orqali xorijiy davlatlar fuqarolari bilan chet el valyutasini o‘tkazib kelgani, “Bitcoin” oldi-sotdisi bilan litsenziyasiz shug‘ullanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish)  va 190-moddasi (Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0