AQSh hukumati Telegram kriptovalyutasini ta’qiqladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishMessendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom
Messendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh sud orqali Telegram Group va TON Issuer kompaniyalariga kriptovalyuta chiqarishni ta’qiqlab, ularga jarima va sanksiyalar bilan po‘pisa qilmoqda.

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. AQShning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) sud qarori orqali Telegram kompaniyasi tomonidan muomalaga chiqarilayotgan kriptovalyuta – Gramni vaqtincha ta’qiqladi.

Texnologiya blokcheyn i moneta bitkoin - Sputnik O‘zbekiston
Nima uchun kriptovalyutalar uchun elektr energiyasiga mutanosib haq to‘lash kerak?

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu valyutaning 1,7 mlrd dollar qiymatga ega bo‘lgan birinchi partiyasi – noqonuniy savdoga chiqarilgan. Manxetten sudi TON Issuer Inc. Kompaniyasiga qarashli bo‘lgan ikkita ofshor tuzilma faoliyatini cheklab qo‘ygan.

Telegram asoschisi Pavel Durov AQSh hukumatining ushbu qarori uni hayron qoldirganini va nima uchun qaror sud orqali hal qilinganini tushunmaganini xabar qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning yanvar oyidan boshlab Pavel Durov boshchiligidagi Telegram kompaniyasi Gram kriptovalyutasini muomalaga chiqarish uchun 171 nafar sarmoyadorlardan 2,9 milliard dollar mablag‘ yiqqan edi. Ushbu mablag‘ning 1 milliardi AQSh hududida yashayotgan 39 nafar sarmoyadorlardan olingan.

Suvenirnaya moneta bitkoin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyati tashkil etiladi

Pavel Durov 2019-yilning 31-oktabriga qadar Gram kriptovalyutasini muomalaga chiqarishni va’da bergan va agar ushbu ish amalga oshmasa investorlar pullarini qaytarib berishni va’da bergan edi.

Internet-ombudsmen Dmitriy Marinichev RBKga xabar qilishicha, SECning ushbu hatti harakati Durov uchun “ajoyib sovg‘a” bo‘ladi. Marinichevning fikriga ko‘ra, Qimmatli qog‘ozlar komissiyasi va sudlar hatti-harakati tufayli matbuotda paydo bo‘lgan shov-shuv oxir oqibatda Gram kriptovalyutasi muomalaga chiqarilayotganini yanada kengroq reklama qiladi, uni “har bir amerikalik uy bekalari”gacha tanitadi. 

Yangiliklar lentasi
0