TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda tun davomida 68 ta yangi koronavirus holati aniqlandi. Shulardan 2 tasi Surxondaryo viloyatida aholi orasida aniqlangan.
“2020 yil 17-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5561 (+68) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Yangi kasallanganlarning 62 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Shu kungacha 4096 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (73 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1446 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 13 nafari og‘ir ahvolda.