Rossiyada kemasozlik sanoati tiklanmoqda. NATO blokining jonlanishi bunga ko‘maklashmoqda. Dunyo okeanida mamlakat manfaatlarini himoya qilish uchun 22350 loyihasining uzoq dengiz hududida faoliyat yurituvchi raketa kemalari qurilmoqda.
Ular keng ko‘lamli vazifalarni bajarish va navigatsiya doirasini chegaralarisiz jangovar amaliyotlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
22350 loyihasining birinchi "Flot admirali Kasaton" seriyali fregati Shimoliy va Boltiq flotida sinovlarni muvaffaqiyatli yakunladi va 2020-yil iyul oyi boshida Rossiya harbiy-dengiz floti tarkibiga kiritiladi. Ushbu loyihaning bir qator ko‘rinmas raketa kemalari turkumining paydo bo‘lishi flotning imkoniyatlarining sifatli jadal qadamini anglatadi.
Frigat o‘n oltita “Oniks” yoki “Kalibr-NK” qanotli raketalari bilan qurollangan bo‘lib, ular dushman kemalari bo‘yicha va qirg‘oq hududlarida teng ravishda ishlay oladi. Kema bortida, shuningdek, “Redut” zenit-raketa majmuasi, 130 mmlik A-192 artilleriya qurilmasi, “Paket-NK” suv osti kemalariga qarshi hujum tizimi va Ka-27 kemalarga qarshi vertoloti mavjud. Korpus sezilishni kamaytirish texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan va potensial dushmanga radiolokatsion tizim (RLS) yordamida kemani aniqlash imkoni qiyin bo‘ladi.
"Admiral Kasatonov" uzoq dengiz hududida ishlovchi zamonaviy kuchli fregati suv usti va suv osti kemalarini qidirish va yo‘q qilish, kemalarning havo mudofaasi, raketa va kemalargi qarshi mudofaasini ta’minlash, dengiz desanti bilan qo‘shma harakatlarda ishtiroq etish, fuqarolik kemalari va ishlab chiqarish inshootlarini himoya qilish uchun mo‘ljallangan.
Kemaning suv hajmi 5 ming tonna, uzunligi 135 metr, kengligi 16 metr. Umumiy quvvati 65 ming ot kuchi bo‘lgan dvigatel 30 uzelgacha tezlikni ta’minlaydi. Safar masofasi - 4500 mil, avtonomligi - 30 kun, ekipaj - 170 kishi.
Ushbu loyihaning yetakchi fregati "Sovet Ittifoqi floti admirali Gorshkov" 2018-yilda Shimoliy flot kemalarining 43-raketa diviziyasining tarkibiga kirdi va o‘zini okean yurishlarida a’lo darajada ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. U dunyo bo‘ylab (2019 yil 26-fevraldan - 19-avgustgacha), Sues va Panama kanallari orqali 35 ming dengiz milini bosib o‘tdi.
Iyun oyining oxirida "Severnaya Verf" kemasozlik zavodida 22350 loyihasining yana ikkita fregati ishlab chiqarilishi boshlanishi kutilmoqda. Bu turkumdagi ikkinchi “Admiral Golovko” fregati ishlab chiqarilishi davom etmoqda (mayda suvga tushirilgan). Loyiha “Sovet Ittifoqi floti admirali Isakov”, “Admiral Amelko” va “Admiral Chichagov” kemalari bilan davom etmoqda.
Noyob qurollar
Davlat sinovlari davomida “Admiral Kasatonov”ning barcha loyihaviy xususiyatlari tekshirildi: kema mexanizmlari ishlashi, RLS va radioelektron kurash tizimlari ishlashi, bortdagi qurollarning barcha majmui ishlashi, yadroviy mudofaa uskunalari, shuningdek suv osti kemalari va aviatsiya bilan o‘zaro hamjihatlik algoritmlari ishlashi. Bosqichlarning birida, 3-iyun kuni so‘nggi fregatga torpedo bilan hujum uyushtirildi va “Admiral Kasatonov” ekipajining himoyasi uchun “Paket-NK” majmuasi antitorpedasi muvaffaqiyatli ishlatildi.
Havo mudofaa tizimiga o‘xshash kemalarning suv osti himoya qilish tizimining dunyoda analogi yo‘q. “Paket-NK” majmuasining antitorpedosi suv ostida soatiga 50 km tezlikda harakatlanadi. Nishonni aniq urishini inersial tizim va antitorpedoni o‘z-o‘zini akustik aktiv-passiv nishonni kuzatish tizimi tomonidan ta’minlanadi. 80 kg og‘irlikdagi brizant-fugas jangovar qism kontaktsiz portillatuvchi bilan jihozlangan va potensial dushmanning torpedalarini har qanday chuqurlikda samarali urishga qodir.
“Paket-NK” suv osti kemalariga qarshi majmuasi suv osti kemalari va torpedalarni kemaning (yoki suv osti kemasining) yaqin zonasida yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, boshqaruv tizimi, nishonga olishning maxsus gidroakustik tizimi, kichik o‘lchamli torpedalarning suv osti kemasiga qarshi va antitorpeda variantlari va ishga tushirish qurilmalardan iborat.
"Paket" mustaqil ravishda yoki suv osti kemalariga qarshi mudofaasining va torpedaga qarshi kemalar zanjiri tarkibida gidroakustik majmualar va stansiyalar ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda nishonni aniqlashga qodir. Kemaga hujumni amalga oshiruvchi torpedolarni mustaqil aniqlash, tasniflash va harakat parametrlarini aniqlash mudofaaning ikki tomonlama mustahkamligini ta’minlaydi.
Modulli tipdagi ishga tushirish moslamasi bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarga qarab, turli xil kombinatsiyalarda - kichik o‘lchamli termal torpedalar va antitorpedalarni ishlatish imkonini beradi. “Paket-NK” majmuasining konstruksiyasida tajovuzkor muhitda uzoq muddatlarda foydalanish va ularning oldindan aytib bo‘lmaydigan gidrologik sharoitlarda foydalanish xususiyatlari hisobga olingan.
Suv osti kemalariga qarshi mudofaasi kuchaytirib, noyob kompleks kemaning jangovar barqarorligini sezilarli darajada oshiradi. Va bu mutlaqo yangi qurol tizimi 22350 loyihasining fregati “Admiral Kasatonov”ning "portretiga" chizgilarning biridir.
Sharafli ishlarning boshida
Andrey bayrog‘i ko‘tarilishiga sanoqli kunlar qoldi, keyin esa kuchli va hashamatli kemani o‘nlab yillar shiddatli xizmat kutmoqda. "Admiral Kasatonov" ning taqdiri omadli qurilmoqda. Fregat deyarli tez qurildi va “yuragi” - Rossiyaning Ribinskdagi NPO “Saturn”da ishlab chiqarilgan M-55P dizel-gazturbinali dvigateli (bu Rossiya harbiy-sanoat kompleksi va Ukraina ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi aloqalarning buzilishidan keyin juda muhimdir). Kemani suvga tushirish marosimi 2014-yil 12-dekabrda - Vladimir Afanasyevich Kasatonovning o‘g‘li va huddi shunday admiral Igor Kasatonov ishtirokida bo‘lib o‘tdi, bunday omad hamma kemaga ham nasib qilmaydi.
Taqqoslash uchun, 22350 loyihasining uzoq dengiz hududida ish yurituvchi yetakchi fregatning qurilishi SSSR parchalanganidan keyin «texnologik tanaffus” tufayli murakkablashdi. 2010-yilda suvga tushirilgan "Sovet Ittifoqi flotining admirali Gorshkov" 21-asrda Rossiya kemasozlik zavodlarida ishlab chiqarilgan birinchi yirik (aslida birinchi darajali) suv usti jangovar kemasi bo‘ldi.
Dastlab, Rossiya Mudofaa vazirligi 20 ta (har bir flot uchun beshtadan) kemani qurishni rejalashtirgan edi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 22350 loyihasi fregati tannarxi tahminan 400 million dollarga teng. So‘ngi qurollar ishlab chiqilganligini hisobga olgan holda, narxi 500 million dollargacha ko‘tarilishi mumkin. Ancha qimmat, lekin xavfsizlik va suverenitet bahosi shundaydir.