Rossiyaga meva-sabzavot eksporti rekord darajada o‘sdi

© AP Photo / Katsumi KasaharaPomidori, virashennie metodom gidroponiki
Pomidori, virashennie metodom gidroponiki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yil boshida O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot yetkazib berish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 42%ga oshdi.

TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. O‘zbekistonning 2020-yilning dastlabki oylarida Rossiyaga meva va sabzavotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish hajmi 25,6 million dollarni tashkil etdi, deb xabar qilmoqda EastFruit. 

Eng katta ekport tushumini issiqxona pomidorlari eksporti tashkil etdi - 19,3 %, karam eksportiga qariyb 13,8 % va 8 % limonga to‘g‘ri keladi.

“Shu bilan birga, issiqxona pomidorining eksporti 2019-yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘paydi, karam eksporti 69 % oshdi, limon eksporti esa 2,8 baravar oshdi”, - deyishdi tahlilchilar.

Rossiyaga karam yetkazib berish bo‘yicha O‘zbekiston faqat Xitoydan ortda qolib, ikkinchi o‘rinni, limon yetkazib berish bo‘yicha esa Turkiya, Marokash va Misrdan keyin to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Mejdunrodnaya yarmarka ovoshey i fruktov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Prezident meva-sabzavot eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi

Mutaxassislar, shuningdek, ushbu davrda yangi gulkaram va brokkoli eksporti keskin 2,3 martaga oshganini qayd etdilar. Bundan tashqari, O‘zbekiston qorag‘atini Rossiya bozoriga eksporti 75 foizga, quritilgan o‘rik eksporti esa besh baravar ko‘paydi. Bu O‘zbekistonga ushbu muddat ichida Yevropa Ittifoqi, Tojikiston, Armaniston va Xitoylik yetkazib beruvchilarini ortda qoldirib, Rossiyaga ushbu quritilgan mevalarni yetkazib beruvchilar reytingida Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallashiga imkon berdi.

Ammo o‘zbek mayizining eksporti 34 foizga birdaniga kamaydi. Shuningdek, yangi uzum, muzlatilgan sabzavotlar va quritilgan mevali kompot aralashmalarining eksportida bir oz pasayish kuzatildi. Shu bilan birga, yangi piyozning eksporti deyarli quladi: daromad 14 baravar kamayib ketdi.

Yangiliklar lentasi
0