Prezident meva-sabzavot eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi

© jahonnewsMejdunrodnaya yarmarka ovoshey i fruktov v Tashkente
Mejdunrodnaya yarmarka ovoshey i fruktov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoda meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozori 205 milliard dollarni tashkil etadi. O‘zbekistonning bu bozordagi ulushi esa bir foizga ham yetmaydi.

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yig‘ilishda mamlakatning meva-sabzavot eksport hajmini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, dunyoda meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozori 205 milliard dollarni tashkil etadi. Mamlakatning bu bozordagi ulushi esa bir foizga ham yetmaydi.

“Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish, “mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash yoki qayta ishlash – eksport” zanjirini yaratuvchi kooperatsiyalar tashkil etish orqali eksport hajmini bosqichma-bosqich 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2025-yilga qadar agrologistika markazlari soni 140 taga yetkazilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0