Janubiy Koreya O‘zbekistonga iqtisodiyotni raqamlashtirishda beg‘araz yordam berishga tayyor

CC0 / Unsplash / Carlos Muza / Monitor, na kotorom demonstriruyetsya grafik
Monitor, na kotorom demonstriruyetsya grafik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida Elektron hukumat bo‘yicha hamkorlik ilmiy-tadqiqot markazi ishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Bunga Koreya beg‘araz asosda 2 million dollar ajratadi.

TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. Incheon shahridagi Janubiy Koreya – O‘zbekiston biznes markazida O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Koreya Davlat boshqaruvi va xavfsizligi vazirligining mas’ul xodimlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qilmoqda.

Muzokaralarda Toshkent shahrida Elektron hukumat bo‘yicha hamkorlik ilmiy-tadqiqot markazi ishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Janubiy Koreya vakillarining ta’kidlashicha, oldingi kelishuvlarga muvofiq ushbu loyihani amalga oshirish uchun beg‘araz asosda 2 million dollar ajratish, shuningdek, elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha uchta yuqori malakali mutaxassislarni yuborish rejalashtirilgan.

Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat  - Sputnik O‘zbekiston
Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat - prezident topshirig‘i

Tomonlar ikki mamlakat tegishli vazirliklari o‘rtasida O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Elektron hukumat bo‘yicha hamkorlikni o‘rganish markazi tashkil etish to‘g‘risida yangilangan kelishuvni imzolash masalasini imkon qadar tezroq hal qilishga kelishib oldi. Muzokaralarni ishchi guruh darajasida, jumladan videokonferensiyalar orqali davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Janubiy Koreya tomoni loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari kelishilganidan so‘ng tadqiqot markazida amalda ish boshlash uchun mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Shavkat Mirziyoyev “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorni imzolagan edi.

Hujjatga asosan yagona integrator elektron sektor tizimi va iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalari uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Shu bilan birga, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishini nazorat qilish va takomillashtirish ishlarini ham amalga oshiradi.

Yangiliklar lentasi
0