Hozirgi vaqtda xizmat va idoralarning atigi 30 foizi Elektron hukumat tizimiga ulangan. Davlat xizmati ko‘rsatuvchi 80 ta idoraning 27 tasi Davlat xizmatlari agentligiga integratsiya qilingan xolos. Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida yuqori tezlikdagi Internetga ulanish bilan bog‘liq muammolar mavjud.
Davlat dasturiga ko‘ra, yaqin kelajakda mamlakatning barcha sohalari samarali elektron tizimga integratsiya qilinishi kerak. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, keng polosali internet tarmog‘ini 10 foiz kengaytirish evaziga yalpi ichki mahsulotni kamida 1 foiz o‘stirish mumkin, sanoat korxonalarida axborot texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga tannarxni o‘rtacha 13-15 foizga pasaytirish mumkin.
Iqtisodiyotni raqamlashtirish dasturining asosiy maqsadlari haqida Sputnik O‘zbekiston infografikasida tanishishingiz mumkin.