TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. Olimlar koronavirus infeksiyasi bemorlarda diabet kuchayishiga olib kelishini aniqladilar. Ushbu haqidagi tadqiqot New England Journal of Medicine nashrida chop etildi.
London Qirollik kolleji, Melburn universiteti va boshqa muassasalarning bir guruh olimlari COVID-19 va diabet o‘rtasidagi ikki tomonlama bog‘liqlikni aniqladilar. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bir tomondan, diabet koronavirus kasalligi og‘irlashishiga olib keladi. COVID-19dan vafot etgan bemorlarning 20-30 % diabetiklar bo‘lgan.
Ikkinchidan, koronavirus ilgari diabet bilan kasallanmagan odamlarda uning qo‘zg‘alishi va ba’zi hollarda jiddiy endokrin o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, koronavirus hujayralarga kirib borishida ko‘maklashuvchi ACE-2 oqsili, glyukoza metabolizmiga mas’ul organlarga ham ta’sir qiladi.
Shu bilan birga, bir qator savollar, shu jumladan, COVID-19dan davolangandan keyin glyukoza metabolizmidagi o‘zgarishlar saqlanib qoladimi yoki “kovid”li bemorlarda paydo bo‘luvchi diabet mutlaqo yangi kasallikmi yoki ilgari ma’lum bo‘lgan ikkita turga oidmi degan savollar ochiqligicha qolmoqda.
Ushbu muammolarning yechimini izlash doirasida mutaxassislar koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq diabet bilan og‘rigan bemorlarning SOVIDiab Registry global reyestrini yaratdilar.
Mart oyi oxirida Sputnik radiosi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi qanday odamlar koronavirusga eng ko‘p moyilligi haqida xabar qilgan edi.