Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz IIO xodimlarining Andijondagi qilmishini qoraladi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi ushbu hodisa yuzasidan bosh prokuror va IIV rahbariga rasmiy xat bilan murojaat qilgan.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz ichki ishlar organlari xodimlarining Andijondagi qilmishlarini qat’iy qoralaydi. Bu haqda markaz matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu fojiali holat haqida OAV va Internetda xabar tarqalgani zahoti markaz bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga va IIV rahbari Po‘lat Bobojonovga rasmiy xat bilan murojaat qilgan.

Zdanie MVD Uzbekistana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
IIV Andijonda qiynoqqa solingani sabab o‘lgani aytilgan fuqaro ishi yuzasidan bayonot berdi

“Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Andijon shahrida sodir bo‘lgan mazkur holat qat’iy nazoratga olingan. Biz adolat to‘liq qaror topishini, bunday fojialar boshqa takrorlanmasligini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz”, - deyilgan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda fuqaroning o‘limida ayblanayotgan 3 nafar ichki ishlar xodimi qamoqqa olingani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i va Andijon shahar IIO FMB 4-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan. 19 nafar rahbar va xodimlarga turli ko‘rinishdagi qat’iy intizomiy tartibdagi jazolar qo‘llanilgan.

Yangiliklar lentasi
0