IIV Andijonda qiynoqqa solingani sabab o‘lgani aytilgan fuqaro ishi yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MVD Uzbekistana v Tashkente
Zdanie MVD Uzbekistana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan tekshiruv xulosasiga ko‘ra, Andijon shahar IIO FMB 4-son ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakillari ishdan bo‘shatilgan. Shuningdek, 19 nafar rahbar va xodimlarga turli ko‘rinishdagi qat’iy intizomiy tartibdagi jazolar qo‘llanilgan.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Andijonda ichki ishlar xodimlari qiynoqlaridan keyin vafot etgani aytilgan fuqaro ishi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan 3 nafar "oper" qamoqqa olindi

Ta’kidlanishicha, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilganligi, hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi tergov jarayonida o‘rganiladi.

Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan zudlik bilan xizmat tekshiruvi tayinlanib, o‘tkazilgan tekshiruv xulosasiga ko‘ra, fuqaro A.Abdukarimovning ichki ishlar bo‘limida noqonuniy ushlab turilganligi va boshqa noqonuniy holatlar bo‘yicha bir qator xodimlarga nisbatan keskin intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

“Xususan, Andijon shahar IIO FMB 4-son ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakillari katta leytenant F.Husanboyev, katta leytenant E.Rayimjonov va katta leytenant Q.Qodirovlar ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan. Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik S.Usmanov va Andijon shahar IIO FMB 4-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik P.Mamajonovlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, 19 nafar rahbar va xodimlarga turli ko‘rinishdagi qat’iy intizomiy tartibdagi jazolar qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan 3 nafar ichki ishlar xodimi qamoqqa olingani xabar qilingan edi. Ular fuqaro A.Abdukarimovning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, noqonuniy ravishda ushlab turganliklari oqibatida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lishgan.

Yangiliklar lentasi
0