“Sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida poyezdlar qatnoviga ruxsat berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAfrosiab
Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovlari yo‘lga qo‘yilishiga ruxsat berildi.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida poyezdlar qatnoviga ruxsat berildi.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida quyidagi poyezdlar qatnoviga ruxsat berildi:

Passajiri spuskayutsya po trapu v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
“Rangli parvozlar”: qaysi mamlakatdan kelganlar karantinga olinmaydi

Toshkent - Buxoro - Toshkent;

Toshkent - Termiz - Toshkent;

Toshkent - Xiva - Toshkent;

Toshkent - Nukus - Toshkent;

Andijon - Xiva - Andijon;

Andijon - Buxoro - Andijon;

Andijon - Termiz - Andijon.

Transport vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib poyezdlar qatnov rejasini belgilab boradi.

Shuningdek, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovlari yo‘lga qo‘yilishiga ruxsat berildi.

Avtotransport vositalarida yolg‘iz harakatlanayotgan haydovchi tibbiy niqobdan foydalanmasligi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0