TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda xorijiy davlatlardan kelganlarni karantinga olish tartibi belgilandi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
- sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan (yashil reyslar) — Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Isroil davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) kirib kelgan shaxslar karantinga olinmaydi:
- koronavirus bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) — Yevropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapur davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi;
- koronavirus bilan kasallanish holatlari kamaymagan (qizil reylar — evakuatsiya reyslari) — qolgan boshqa davlatlar, shu jumladan, BAA, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridan kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi.
Sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan va yaxshilanayotgan mamlakatlarda aviareys qatnovi kuniga qadar uzluksiz 14 kundan kam bo‘lgan, shuningdek, og‘ir sanitariya-epidemiologik vaziyat saqlanib qolayotgan davlatlardan tranzit orqali kelayotgan shaxslarga O‘zbekistonga kelish uchun aviachiptalar realizatsiya qilinmaydi.