Pekin bozorida COVID-19 aniqlangani uchun harbiy holat e’lon qilindi

© AFP 2023 / PETER PARKSRinok v Kitaya
Rinok v Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pekin Fentay tumanidagi mahalliy bozorda COVID-19 infeksiyasi aniqlangani uchun harbiy holat joriy etildi.

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Pekin Fentay tumanidagi mahalliy bozorda COVID-19  infeksiyasi aniqlangani uchun harbiy holat joriy etildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda yana ko‘rshapalaklarni iste’mol qilish boshlandi

Ta’kidlanishicha, Xinfadi yirik ulgurji bozorida olib borilgan epidemiolog tekshiruv natijasida - losos balig‘i tozalanadigan taxtada koronavirus izlari aniqlangan. Bozorning barcha xodimlaridan COVID-19’ga test topshirishdi.

“Fentay tumanida harbiy holat rejimi joriy etildi, tezkor shtab tuzildi”, - deyilgan tuman partiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Chu Szunvey.

Shuningdek, u bozor yaqinida joylashgan 11 ta turar-joy majmuasida qat’iy nazorat o‘rnatilayotgani va ta’lim muassasalarida darslarni to‘xtatish yoki kechiktirish kerakligini aytdi.

Hududda nazoratni kuchaytirish, barcha profilaktik tadbirlarni o‘tkazish va tibbiy muassasalarda diagnostika va davolash jarayonini standartlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Bundan avval Pekinda ikki oylik tanaffusdan so‘ng yana koronavirus holatlari aniqlandi. Poytaxtdan chiqmagan, ammo “Sinfadi” bozoriga borgan 52 yoshli erkakda virus infeksiyasi aniqlangan. Keyinchalik Fentay tumanida ikki holat aniqlandi, shundan so‘ng hukumat epidemiolog tekshiruv o‘tkazishga qaror qildi.

Yangiliklar lentasi
0